Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkentning Bektemir hamda Mirzo Ulug‘bek tumanlarida “svet” vaqtincha o‘chiriladi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” xabariga ko‘ra, bunga iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish sabab bo‘ladi.
6 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Sohil”, “Musaffo” hamda “Nurli yo‘l ” MFY ayrim hududlarida soat 09:00 dan 14:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Ijodkor”, “Temuriylar”, “Chingeldi”, “Iqtidor” hamda “Sarbon” MFY ayrim hududlarida soat 01:00 dan 05:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026