Pepsi festivali start oldi! Bayramni o‘z shahringizda kutib oling!

Foto: Pepsi
8 iyun Qarshida, 9 iyun Termizda bu yilgi yozning eng ajoyib dam olish kunlari bo‘ldi. Pepsi'ning yangi logotipi taqdimoti sharafiga o‘tkazilgan yirik open air'da unutilmas taassurotlar olish va xursandchilik qilishni sevadiganlar birga vaqt o‘tkazishdi.
Festivalning qiziqarli dasturi va xarizmatik san’atkorlar sabab bir necha soatlar bir zumda o‘tib ketgandek bo‘ldi!
DJ Frost'ning sho‘x treklari jonli musiqaga ulandi — Bravo simfonik orkestri sevimli filmlar va teleseriallarning saundtreklarini mahorat bilan ijro etdi. So‘ngra Double Touch yangi raqs nomerlari bilan sahnaga chiqdi. Bu orada qimmatbaho sovg‘alar beriladigan tanlovlar tomoshabinlarni xursand qildi. Shokir va Konsta sahnaga chiqqanida esa ular bilan birga butun Qarshi va Termiz ahli hayajon bilan qo‘shiq kuyladi.
Qarshidagi oqshomning eng unutilmas nuqtasi dron-shou edi, albatta! Qorong‘u osmonda Pepsi'ning yangi logotipi nur sochganida quvonchli hayqiriqlar yangradi. Festival mehmonlari ushbu ajoyib daqiqalardan esdalik qolsin deb uni smartfonlarida suratga olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Pepsi 15 yil ichida ilk bor o‘z dizaynini yangiladi. Brend ushbu tadbirni keng miqyosda va o‘ziga xos uslubda nishonlab, butun mamlakat bo‘ylab jonli musiqa festivallarini o‘tkazmoqda! O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z shahrida bayramning ajoyib atmosferasi, sho‘x kuy-qo‘shiqlar va Pepsi'ning yorqin ta’midan rohatlanishi mumkin.
Unutilmas tadbirning ishtirokchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Bizga qo‘shiling, festival kunlari sevimli musiqalaringiz, ajoyib raqslar va quvonchli lahzalar sizni kutmoqda! Ishonamiz, Pepsi'ning yangi logotipi bu yilgi yozning eng yoqimli xotiralaridan biri bo‘lib qoladi!
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54 / 14.04.2025
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30 / 14.04.2025
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26 / 14.04.2025
Mavzuga oid

17:00 / 14.09.2024
Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival!

17:00 / 04.09.2024
Pepsi Music Fest'ga juda oz qoldi!

17:00 / 20.08.2024
Toshkentda Pepsi Music Fest 2024 festivali o‘tkaziladi

16:59 / 10.07.2024