DXX Haj ziyoratiga noqonuniy yuborishni va’da qilgan shaxslarni qo‘lga oldi
Toshkent shahri, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolardan Hajga yuborishni va’da qilib pul olgan sayyohlik firmalari vakillari ushlandi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda poytaxtning Chilonzor tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, 1966 va 1968 yillarda tug‘ilgan aka-uka o‘zaro til biriktirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 2 nafar fuqaroning Saudiya Arabistoniga Haj safariga borishlari uchun talab etiladigan viza hujjatlarini tayyorlab berish va ularni ziyoratga yuborish evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga Toshkent shahridagi sayyohlik firmasining muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan ijrochi direktori aloqador ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi sayyohlik firmasi xodimi mazkur tumanda istiqomat qiluvchi fuqaroni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, uni va onasini joriy Haj mavsumida muborak safarga yuborish evaziga 15 ming AQSh dollari talab qiladi. Ammo, u so‘ralgan pul mablag‘idan 7 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi. Shuningdek, u mazkur noqonuniy ishni sayyohlik firmasi rahbari bilan kelishgan holda amalga oshirganligi aniqlandi.
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida yashovchi shaxs ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni 8700 AQSh dollari evaziga Haj ziyoratiga jo‘natishini aytib, Buvayda tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro va uning onasini hoji maqomini olishlari uchun Saudiya Arabistoniga yuborish evaziga 17 400 AQSh dollari talab qiladi. Lekin, u so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Marg‘ilon shahrida faoliyat yurituvchi sayyohlik firmasi rahbari esa Qo‘shtepa tumanida yashovchi fuqaroni haj amallarini bajarishi uchun Saudiya podshohligiga yuborish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada yakson bo‘lgan harbiy baza, Ukraina shaharlariga ketma-ket hujumlar va Trampga javob qaytargan Xitoy - kun dayjesti
Jahon | 14:40
-
Sabri tugayotgan Tramp, bemisl bojlar va Samarqand sammiti - geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 14:26
-
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 13:53
-
«Oltinlarimiz qayerda?» - nemislar AQShdagi zaxiralar yuzasidan xavotir bildirdi
Jahon | 13:35
Mavzuga oid

11:54 / 28.03.2025
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda

10:32 / 28.03.2025
Toshkentda 4 ta maktabning futbol maydonini ijaraga olib bermoqchi bo‘lgan bog‘cha rahbari ushlandi

11:50 / 25.03.2025
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

17:06 / 19.03.2025