New York Times gazetasida keng kölamli bosqin boşlanganidan buyon Rossiya va Ukraina örtasida oşkora ötkazilgan yanona töğridan töğri muzokaralarda muhokama qilingan hujjatlarning töliq nusxalari naşr etildi. Bu muzokaralar 2022 yil fevral oyi oxiri, mart va aprel oylari davomida Belarus hamda Turkiyada bölib ötgandi.

Hujjatlar Ukraina, Rossiya va Yevropadagi manbalardan olingan, ularning haqiqiyligini muzokaralarning bevosita iştirokçilari hamda ularga yaqin bölgan odamlar tomonidan tasdiqlangan, deya yozadi gazeta.

Hujjatlar mazmuni avval ham qisman oçiqlangandi (ularni hatto Vladimir Putinning özi oşkora namoyiş etgandi), ammo ular ilk marta töliq holda naşr qilinmoqda.

E’lon qilingan fayl — 15 aprel kungi kelişuv qoralamasining qayta işlanib, Ğarb mamlakatlari hukumatlariga ingliz tilida taqdim etilgan varianti bölib, unda ikki tomon rozi bölmagan tuzatişlar belgilab çiqilgan. Hujjat boşida bu aynan RF prezidenti Vladimir Putinning stoliga qöyilgan versiya ekani ta’kidlangan. Hujjatda bir neça bor qandaydir geografik xarita eslab ötiladi, ammo faylning özida xarita yöq.

Kelişuvda asosan quyidagi bandlar bölgan:

  • Ukraina doimiyga betaraf mamlakat bölib qoladi.
  • Ukraina harbiy ittifoqlarga kira olmaydi, ammo YeIga a’zo bölişi mumkin.
  • Kafil davlatlar va kelişuv iştirokçilari Ukraina mustaqilligi va suverenitetiga rioya etişi şart. Suverenitet buzilgan taqdirda ular buni tinç yöl bilan hal etişga urinib körişi kerak.
  • Ukrainaga hujum qilingan taqdirda kafil davlatlar unga yordam körsatadi, jumladan harbiy yordam ham.
  • Ukraina suverenitetini himoya qiliş bilan boğliq moddalar ta’siri Qrim va Sevastopolga, şuningdek Ukrainaning ba’zi boşqa hududlariga (katta ehtimol bilan, gap öşa vaqtda rossiyalik harbiylar nazoratida bölgan hududlar haqida ketgan) taalluqli bölmaydi.

Nimalar muhokama qilingan, nimalarga kelişilgan, nimalarga esa yöq?

Foto: Anadolu Agency