Jahon | 17:35 / 19.06.2024
5355
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalari 14-paketidan suyultirilgan gazga qarshi cheklovlar o‘rin oladi

Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi joriy etiladigan sanksiyalarning 14-paketiga Rossiyadan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib berishga qarshi cheklovlar joriy etmoqchi, deb yozadi EUobserver hujjat loyihasiga asoslanib.

Foto: marinelink.com

Bundan tashqari, Rossiyaga nisbatan geliy eksportiga cheklovlar kiritiladi, ikkilamchi maqsadlardagi texnologiyalar, Ukraina san’at asarlari bilan savdo-sotiq qilishga nisbatan taqiqlar, shuningdek, 20 nafar jismoniy hamda 20 ta yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar qo‘llaniladi.

Euobserver o‘z manbasiga tayanib yozishicha, 14 iyun kuni Vengriya Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etilishini “tortinmasdan” ma’qullagan. Yevropa kompaniyalarining Rossiyadagi shu’ba korxonalariga nisbatan cheklovlarning qat’iylashtirilishiga nisbatan ikkilanishlar hozircha Germaniyada saqlanib turibdi, deb yozadi nashr.

Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 14-paketi Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlarining 24 iyun kungi uchrashuvida qabul qilinishi kutilmoqda.

Euobserver ma’lumotlariga ko‘ra, personal sanksiyalar qo‘shiqchi Polina Gagarina, jurnalist Aleksey Gorslavskiy, tadbirkorlar Igor Altushkin, Roman Trotsenko va Taymuraz Bolloyevlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning Yevropa Ittifoqi hududidagi aktivlari muzlatiladi, ularga ortiq vizalar berilmaydi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid