Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimida parlament nazorati kuchaytiriladi
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilashda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilib boriladi.
«Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, har yili Oliy Majlis Senatida O‘zbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni yaxshilanishi to‘g‘risidagi milliy ma’ruzani muhokama qilish tartibi joriy etiladi.
Oliy Majlis Senati tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarning ro‘yxatini tasdiqlashda tegishli xalqaro reyting hamda indekslarga mutasaddi vazirlik va idoralar biriktiriladi.
Vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rni yaxshilanishi, shuningdek, ustuvor xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashiga quyidagi vazifalar yuklandi, jumladan:
- mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilashda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib borish;
- ustuvor xalqaro reyting va indekslarda respublikaning o‘rnini yaxshilash, shu jumladan ilmiy-tadqiqot muassasalarini biriktirish;
- milliy ma’ruza tayyorlanishini tashkil etish va uni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish;
- turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 08:24
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
Mavzuga oid

21:20 / 16.04.2025
TIME dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi

09:00 / 07.04.2025
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

21:58 / 25.03.2025