Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroil HAMASni töliq yöq qiladi olmaydi, çunki u şunçaki harakat emas, mafkuradir. Bu haqda TsAHAL vakili Daniel Hagari aytib ötgan.

Unga köra, Isroilning HAMASni uzil-kesil yöq qiliş böyiça harbiy rejasiga erişib bölmaydi.

“HAMASni yöq qilişga bölgan urinişlar, HAMASni yöq bölişga majburlaş — bularning barçasi jamoatçilik köziga qum sepişdan boşqa narsa emas”, — degan Hagari 13 yangiliklar telekanaliga bergan intervyusida

“HAMAS — bu ğoya, HAMAS — bu partiya. U odamlar qalbidan mustahkam örin olgan. Biz HAMASni yöq qila olamiz, deb öylayotgan har qanday odam adaşadi”, — degan Hagari.

Hagarining bu çiqişi Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning qonini qaynatgan. Bu Netanyahuning Ğazoda uruş olib boriş böyiça Mudofaa vazirligining oliy mansabdor şaxslari bilan munosabatlarida taranglik kuzatilayotganidan dalolat beradi.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Netanyahudan Ğazoni uruşdan keyin boşqariş rejasini işlab çiqişni söragan. HAMAS örniga boşqa biror narsa topa olmaslik Isroilning harbiy muvaffaqiyatlarini yöqqa çiqarişi, guruh tezda qayta tiklanib, anklav ustidan nazorat örnatişini aytgan. Bundan taşqari, Gallant Netanyahudan uruş tugagaç Ğazoda harbiy va fuqarolik boşqaruvini örnatiş fikridan qaytişni söragan. Buni Netanyahu koalitsiyasining ultraöng vakillari Itamar Ben Gvir va Betsalel Smotriç talab qilib kelişmoqda.

Ğazodagi noxuş statistika: uruşning 258-kuniga kelib öldirilgan falastinliklar soni 37 ming 431 nafarga yetgan, yaradorlar soni 85 ming 653 kişini taşkil etmoqda.

Sönggi sutka içida isroillik harbiylar 4 ta ommaviy qirğin uyuştirib, 35 kişining ölimi va 130 kişining yaralanişiga sababçi bölişdi.

Isroilning Livanga hujum rejasi

AQŞ prezidenti administratsiyasi Isroil va “Hizbulloh” harakati örtasida keng kölamli mojaro yuz beradigan bölsa, Isroil şimolida joylaşgan havo hujumidan mudofaa tizimlari Livandan uçiriladigan raketalar va pilotsiz parvoz qurilmalarini urib tuşirişga ulgurmay qolişidan taşvişda ekanini bildirgan, deb xabar bermoqda CNN öz manbalariga tayanib.