Bryussel: Gurjistonni YeIga qabul qilish jarayoni amalda to‘xtatildi
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Gurjiston hukumatini mamlakatning ittifoqqa kirishiga tahdid solayotgan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga chaqirdi.
Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Gurjistonning YeIga kirish jarayoni mamlakatda qabul qilingan «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli amalda to‘xtatilganini ma’lum qildi. 27 iyun, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, bu qonun Yevrokomissiyaning Gurjistonga YeIga nomzod maqomini berish bo‘yicha tavsiyalaridan chetga chiqishdir.
Hujjatda Gurjiston hukumati «Gurjistonning Yevropa Ittifoqiga kirish yo‘lini xavf ostiga qo‘yuvchi va amalda qo‘shilish jarayonining to‘xtab qolishiga olib keladigan harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga» chaqiriladi.
Gurjiston 2023 yil dekabrida Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. Shu hafta boshida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel YeI maqomni bekor qilish masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini aytdi.
Gurjistonda «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun
Gurjiston muxolifati Rossiyaning «chet el agentlari» haqidagi qonuni nusxasi deb ataydigan «Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida»gi qonun iyun oyi boshida kuchga kirdi. Gurjiston parlamenti raisi Shalva Papuashvili fuqarolar va muxolifatning keng ko‘lamli noroziliklari, shuningdek, prezident Salome Zurabishvilining veto qo‘yganiga qaramay, 3 iyun kuni uni imzoladi.
Qonun kuchga kirgandan so‘ng, Gurjiston Adliya vazirligi 60 kun ichida barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishi va 20 foizdan ortiq mablag‘ni xorijiy manbalardan oladigan nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalini yaratishi shart. Ular 2023 yil uchun moliyaviy hisobotlarini e’lon qiladi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp inauguratsiya marosimida: «AQSh hukumati faqat ikki jinsni tan oladi»
Jahon | 03:50
-
The Guardian: Xalqaro jinoiy sud «eng yomon ssenariyga» tayyorlanmoqda
Jahon | 00:50
-
Latviyada Rossiya fuqarolarining ayrim sohalarda faoliyat yuritishi taqiqlanadi
Jahon | 00:18
-
Eron prezidenti Kremlda muzokaralarga kech qolgan Putinni kutishdan bosh tortgan
Jahon | 23:42 / 20.01.2025
Mavzuga oid
23:14 / 19.01.2025
Gurjiston prezidenti 613 nafar mahbusni afv etdi
11:24 / 16.01.2025
Gurjistonda hukumatga qarshi keng ko‘lamli ish tashlash davom etmoqda
17:29 / 15.01.2025
Batumida Gurjiston sobiq bosh vaziri Georgiy Gaxariya kaltaklandi
17:44 / 14.01.2025