Eronning “Tasnim” yangiliklar agentligi xalqaro işlar böyiça direktori Azim Umidiyga köra, prezident 2-turda aniqlanişi avvaldan kutilgan edi, çunki 50 kun içida saylovni ötkaziş oson iş emas, nomzodlar uçun bu muddat yetarli bölmadi, deydi u Kun.uz bilan suhbat çoğida.
Prezident Ibrohim Raisiyning vafotidan 50 kun ötib, Eronda navbatdan taşqari prezidentlik saylovlari bölib ötdi.
Avvaliga prezidentlikka nomzod bölaman deganlar ançagina edi, lekin davlat qonun-qoidalariga muvofiq, Konstitutsiya qöriqçilari kengaşi va oliy diniy rahnamo tasdiğidan faqat 6 nafar nomzod öta oldi. Saylovdan avval esa ikki nomzod, jumladan marhum Raisiyning örinbosarlaridan hisoblangan vitse-prezident Qozizoda Hoşimiy poygadan çiqdi. 28 iyun kungi saylovda biror nomzod köpçilik ovozni töplay olmadi va ikkinçi tur bölib ötişi ma’lum qilindi.
Dastlabki natijalarga köra, islohotçilardan yagona nomzod bölgan Mas’ud Pezeşkiyon 42,5 foiz ovoz bilan yetakçilik qildi. Konservatorlardan Said Jaliliy 38,5 foiz ovoz bilan 2-örinni oldi. Muhammad Bağyer Ğolibof va Mustafo Pirmuhammadiylarga esa juda kamçilik ovoz bergan. 5 iyul, juma kuni nisbatan köp ovoz töplagan Pezeşkiyon va Jaliliylar ğoliblik uçun kuraşadi.
Eronning “Tasnim” yangiliklar agentligi xalqaro işlar böyiça direktori Azim Umidiyga köra, prezident ikkinçi turda aniqlanişini avvaldan taxmin qiliş mumkin edi. Çunki 50 kun içida saylovni ötkaziş oson iş emas, nomzodlar uçun bu muddat yetarli bölmadi, deydi Umidiy Kun.uz bilan suhbat çoğida.
“Birinçidan, Eron prezidentini fojiali tarzda yöqotgani stressidan hali xalos bölganiça yöq. Konstitutsiyaga köra, 50 kun içida yangi prezident tanlanişi kerak. Bu hukumat uçun ança qiyin vazifa va kam muddat hisoblanadi. Nomzodlarga kelsak, 6 nafari tanlangandi, 2 tasi saylovga 1 kun qolganda poygasi yakunlanganini ma’lum qildi. Sababi – ular xalq orasida siyosiy maşhurlikka erişib ulgurmadi. Lekin asosiy sabab bu emas. Ularning ikkalasi ham konservatorlardan, ular öz partiyadoşlariga kengroq imkon beriş uçun saylovdan voz keçişga majbur böldi. Buni men Eron siyosiy tizimidan kelib çiqib normal qaror deya olaman, çunki nomzodlar partiyasi içki kelişuvdan keyin şu yölni tanlagan”, – deya ta’kidladi Umidiy.
Qator manbalar saylovda yetakçilik qilayotgan Pezeşkiyon özini islohotçilardan qilib körsatsa-da, u oliy diniy rahbarga sodiq ekanini, va’da qilayotgan islohotlar paketi amalga oşmasligini yozmoqda. BBC telekanaliga köra, Pezeşkiyonning Eronda ayollar qoida asosida kiyinişiga qattiq qaraydigan axloq politsiyasi xatti-harakatlariga qarşi gaplari aholi örtasida maşhurlikka erişgan. Şarhlovçilarga köra, bu – Eron va davlatning ohangi özgarmaydi.






