2022 yil 1 yanvardan QQS tölovçilar va ustav jamğarmasida davlat uluşi 50 foizdan köp bölgan yuridik şaxslar asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy resurslarini hisobga oliş, öz ustav fondini şakllantiriş va kamaytiriş bilan boğliq barça operatsiyalarni DSQning E-aktiv avtomatlaştirilgan axborot tizimiga kiritişi majburiy böladi.
Kun.uz E-aktiv atrofidagi muhokamalar, xususan, bir qator korxonalar hisobçilarining munosabati borasida maqola e’lon qilgandi.
Davlat soliq qömitasi raisi Şerzod Qudbiyev 18 noyabrdagi matbuot anjumanida bu masalaga munosabat bildirdi.
“E-aktiv'ning barça tizimlar bilan integratsiyasi qilib berilmagunça heç kimga ta’sir çoralari körilmaydi”, – dedi u.
DSQ rahbarining fikriça, E-aktiv'ga nisbatan negativ fikrlar ortida qöştirnoq içidagi “uddaburon” tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qiliş yotibdi.
“Göyoki ertaga soliq organlari butun boşli (tadbirkorlarning) işlab çiqariş jarayonini avtomatlaştirmoqçi, bu dunyoda yangilik degan asossiz va soliq tölovçilarni notöğri yölga boşlamoqçi bölgan fikrlar köpayib ketdi.
Iymonim komil: bu narsaning orqasida faqatgina intizomli bölmagan soliq tölovçilar va qöştirnoq içidagi uddaburon tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qiliş yotibdi. Bu – soliq qömitasining aniq pozitsiyasi.
Endi sizlar savol berişinglar mumkin: buni oxirigaça avtomatlaştiriş – katta jarayon, inson resurslari kerak. Agarda xato bölsa, ertaga qanday qilib, aytaylik peçene işlab çiqaradigan odam un sotib olgan, drujo (açitqi), sut sotib olgan, lekin peçene sotib olmagan-ku, qanday qilib peçene sotadi? Yoki (tadbirkor) kostyum, köylak tikayotgan bölişi mumkin, buni qanday bilasiz, deyişingiz mumkin.
Heç kim oydan tuşmagan, hamma bilib turibdi. Birinçi navbatda bu narsa davlat uluşi 50 foizdan yuqori bölgan yuridik şaxslarga va QQS tölovçilarga majburiy böladi. Majburiy bölib hisoblanganda ham, sizlar (tadbikorlar)ning töliq ERP sistemalarining har biri bilan integratsiya qilib beramiz. Integratsiyasini qilib bermagunça heç kimga ta’sir çoralari körilmaydi”, – dedi Şerzod Qudbiyev.












