Asir tushgan rossiyalik askarlar, Xarkivda shelterda yashayotgan qariyalar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 865-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Voronej oblastida dronlar hujumidan keyin omborxonalardan birida «portlash xavfi mavjud bo‘lgan obektlar detonatsiyasi» oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Mahalliy rasmiylar favqulodda holat rejimi e’lon qildi.
- Forbes jurnali RF armiyasi Chasiv Yar uchun janglarda 99 ming kishi yo‘qotgani haqida yozdi. Ukraina qurolli kuchlari rossiyaliklarning yo‘qotishlari bundan 20 baravar kamroqligini ma’lum qildi.
- «Harbiy muxbir» Vladimir Romanov chechenlarning «Axmat» otryadi Belgorod oblasti mudofaasida muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlardan keyingi qatorda turgani haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi.
- Dog‘istonda Ukrainaga bosqin ishtirokchilari uchun to‘lovlar miqdori besh baravar ko‘tarilib — 500 ming rublga yetkazildi.
- The New York Times: AQSh moliya vazirligi Rossiyaning neft tankerlariga qarshi yangi sanksiyalar taklif etdi, ammo Oq uy bunday cheklovlar benzin narxi oshishiga sabab bo‘lishidan xavotirlanmoqda.
Ukraina asirligidagi rossiyalik harbiy xizmatchi
Rossiya va Ukraina hozirgacha oxirgi asirlar almashuvini iyun oyida o‘tkazgandi. Almashuv doirasida ikki tomon ham 90 nafardan odamini qaytarib olgan. Ayni vaqtda aynan qancha ukrainlar va rossiyaliklar raqib qo‘lida asirlikda qolayotgani aniq emas. Iyun oyida RF prezidenti Vladimir Putin ukrainlarda 1348 nafar rossiyalik borligi, 6465 nafar ukrain harbiysi — Rossiya asirligida qolayotganini aytgandi. Ammo bu ma’lumotlar ishonchliligini, Putin aytgan boshqa ko‘plab gaplar qatori tasdiqlash imkonsiz.
Iyul oyi boshida Rossiya va Ukrainada harbiylardan biri yarador quroldoshini o‘ldirayotgani aks etgan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Conflict Intelligence Team (CIT) tadqiqot guruhi rahbari Ruslan Leviyevga ko‘ra, video Zaporijjya oblasti Rabotine qishlog‘i hududida tasvirga olingan bo‘lib, unda rossiyalik askarlar aks etgan. O‘z navbatida, rossiyalik harbiy muxbirlar bu «feyk»ligini aytishdi, Rossiya televideniyesi esa videodan parcha namoyish etib, unda ukrain harbiylari aks etganini ma’lum qildi.
Iyul oyi boshida The New York Times nashrida Ukraina qurolli kuchlarining xorijliklardan iborat bo‘linmasining harbiy shifokori hikoyasi e’lon qilindi, u o‘z quroldoshlaridan biri asir tushgan rossiyalikni o‘ldirganini aytadi. Uning so‘zlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasdiqlovchi dalillar yo‘q, ammo bilvosita dalillar mavjud.
Quyidagi suratdagi rossiyalik harbiy Donetsk oblastida asir tushgan. 6 iyul kuni olingan tasvirda u asirlar uchun lagerga olib ketishlarini kutmoqda. U kelgusida Rossiyada bo‘lib turgan ukrain harbiylariga almashtiriladi.
Xarkivda yolg‘iz qolgan keksalar uchun shelter
Urush tufayli Ukrainaning ko‘plab aholi yashash manzillaridagi aholi o‘z uylarini takr etishga majbur bo‘lgan, ular orasida qiyin vaziyatda qolgan keksa va yolg‘iz odamlar bor. Harbiy harakatlar markazida qolgan Vovchanskdan olib chiqilgan keksa yoshli kishilarga Xarkivdagi «Katta oila» shelterida g‘amxo‘rlik qilinmoqda.
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi artilleriyasi
Rossiya qo‘shinining Donetsk oblastida hujum qilishga urinishlarini boshqalar qatori getman Taras Tryasilo nomidagi 43-alohida artilleriya brigadasi to‘xtatib turibdi.
Mavzuga oid
14:45 / 26.12.2024
Zaxarova: Ukraina mustaqil ravishda yadro qurolini yaratishga qodir emas
11:53 / 26.12.2024
Zelenskiy Ukrainaning Germaniyadagi elchisini almashtirishga qaror qildi
08:05 / 26.12.2024
Bayden Pentagonga Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirishni buyurdi
21:53 / 25.12.2024