Dunyo xaritasida Özbekiston nomli davlat rasman 1924 yil 27 oktyabrda paydo böldi. Şu kuni Buxorodagi Oq uyda Fayzulla Xöjayev yangi Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganini e’lon qildi. Xöş, amir Olimxon hokimiyatiga qarşi çiqqan, uç marta ölimga hukm etilgan, 13 yil Özbekiston SSR hukumatini boşqarib söng qatağonga uçragan Fayzulla Xöjayev kim edi? Kun.uz siyosatçining hayot yöli haqida hikoya qiladi.

Özbekistonning ilk rahbari Fayzulla Xöjayev 1896 yilda Buxorodagi yirik savdogar oilasida dunyoga keladi. Otasi – Ubaydullaxöja zamonasining öziga töq kişilaridan biri bölgan. Zamondoşlari Ubaydullaxöjani “Buxorodagi eng yirik 4 ta boydan biri edi”, deya xotirlaşgan. Uning Moskvada xususiy savdo idorasi bölib, Rossiyaning özida hamda bir qança boşqa xorijiy bozorlarda qoraköl teri, paxta bilan keng miqyosda savdo-sotiq yurgizgan.

Fayzulla Buxorodagi madrasalardan birida ikki yil tahsil olgaç, 1907 yilda otasi uni Moskvaga olib ketadi. U yerda 1907–1912 yillarda xususiy öqituvçilar qölida ta’lim oladi, savdo va zamonaviy ilmlarni örganadi. Otasining vafotidan keyin esa Buxoroga qaytib keladi.

Fayzulla Xöjayevning uy-muzeyida joylaşgan haykali. Foto: Madaniy meros agentligi

Jadidçilar safiga qöşilişi

Buxoro amirligi davrida har qanday islohot, har qanday yangilik va ilğor ğoya jaholatga botgan ayrim qatlamlarning qattiq qarşiligiga uçrar edi. Rossiyada ta’lim olib, dunyoqaraşi kengaygan Fayzulla ota yölini tanlamadi. U öşa paytdagi Buxoroning ahvolini, mamlakatning taraqqiyotdan orqada qolayotganini sezadi va Buxoroning ahvolini tuzumni özgartiriş bilan yaxşilaş mumkin degan fikrga keladi.

Buxoroning söngi amiri Sayyid Olimxon

Fayzulla Xöjayev 1913 yilda, 17 yoşida jadidçilik harakatiga qöşiladi. Unda taraqqiyparvar ğoyalarning şakllanişida Buxoroning dastlabki ma’rifatparvarlaridan biri Abdulvohid Buxonovning (Munzim) sezilarli ta’siri bölgan.

Jadidlar farzandlarimizni öqitib, ma’rifatga erişamiz va jamiyatni özgartiramiz degan ğoya bilan “Yoş buxoroliklar” partiyasini taşkil etadi va Buxoro amiriga qarşi kuraş boşlaydi.