Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi
Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli Toshkent shahar YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi 8 iyuldan boshlab vaqtincha yopiladi. Haydovchilardan shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilish so‘ralmoqda.
8 iyuldan boshlab Toshkent shahri Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Yunusobod tumani O.Zokirov ko‘chasi (sobiq Gvardeyskaya) 2-uyda joylashgan ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi vaqtincha yopiladi. Bu yerda ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Toshkent shahar IIBB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchilar quyidagi bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin:
- Mirobod tumani Beshkent ko‘chasi 43-uy (Fayzobod);
- Mirobod tumani Vodil ko‘chasi 53-uy (Uzbum);
- Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 118A-uy (Sobir Rahimov);
- Sergeli tumani Sergeli avtomashina bozor hududida.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026