Dunyodagi eng yirik harbiy-siyosiy taşkilot NATOning tuzilganiga 75 yil töldi. Taşkilotning yubiley sammiti Vaşingtonda, AQŞ mezbonligida bölib ötdi. Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkilotiga zamonaviy mudofaaning eng ilğor körinişi deb ta’rif beriladi. NATO Mudofaa kolleji dasturlarida qatnaşgan siyosatşunos Farhod Tolipov fikriça, taşkilotga AQŞ rahbar emas. Har bir qarorlar konsessus asosida qabul qilinadi. Biroq budjet tomonlama Vaşington köproq hissa qöşgani ortidan ta’siri ham yuqori bölib qolmoqda.

NATOga bugun 32 davlat a’zo. Aslida taşkilot 1949 yilda Yevropani taşqi xavflardan himoya qiliş maqsadida AQŞ taşabbusi bilan tuzilgan edi. Biroq unga Yevropadan taşqarida bölgan Kanada va AQŞ, qisman mintaqa bölagi hisoblangan Turkiya ham a’zo. Tuzilmaga birlaşganlar aholining tinç hayoti, xavfsizlik kafolati tarafdori. NATOning maqsadlari biroz idealistik xarakter ham kasb etadi. Şuni ham ta’kidlaş kerakki, tuzilma global emas – xalqaro taşkilotdir. Uning ta’sir zonasi – faqat a’zolar hududi bilan çeklanadi. Ya’ni NATO global javobgarlikni öz böyniga olmaydi.

Boş qarorgohi Bryusselda joylaşgan taşkilotning yuzlab qömitalari, xizmat boşqaruv bölinmalari bor. Har bir a’zo davlat Bryusseldagi boş ofisda öz vakolatxonasiga ega. Unda alyansning maslahatlaşuvlari, qarorlar qabul qiliş jarayonlarida davlatlar nomidan qatnaşuvçi vakillar ötirişadi.

NATOning asosiy siyosiy qarorlari – Şimoliy Atlantika kengaşi tomonidan qabul qilinadi. Taşkilot oliy ma’muri esa – boş kotibdir. U qarorlarning amalga oşişi va bajarilişi uçun asosiy javobgar şaxs.

Siyosatşunos Farhod Tolipovga köra, NATO a’zolari bugun teng huquqlarga ega. Taşkilot hujjatlari va boş nizomda ularning tengligi, biriga bölgan hujum butun taşkilotga deb qabul qilinişi belgilab qöyilgan.

“Taşkilot AQŞning bosimi ostida degan gapga qöşilmayman. Çunki a’zolar qarorlarni mustaqil qabul qiladi, konsensus asosida. Töğri, AQŞ ajratadigan mablağ miqdori boşqalarnikiga qaraganda köpdir, şunga yaraşa ta’siri ham jiddiy. Lekin bu AQŞning ta’sir doirasida degani emas. Masalan, 1966 yilda Fransiyaning NATO bilan aloqalari sovuqlaşgan. Hattoki, boş qömondonlik ham tark etilgan. Qarang, qançalik mustaqil harakat qilgan Fransiya”, - deydi Tolipov.

NATOga hamma davlat ham a’zo bölolmaydi. Taşkilot qonun-qoidalariga köra, jamoaviy va Yevropa xavfsizligini ta’minlaşga öz hissasini qöşa oladigan har qanday Yevropa davlati a’zolikka da’vogar bölişi mumkin. Lekin avvalo buni har bir a’zo davlatlar qabul qilişi lozim.