Jahon | 16:03 / 15.07.2024
12455
4 daqiqa o‘qiladi

Rossiya to‘rt oydirki strategik ahamiyatga ega Chasiv Yarni qamal qilmoqda. Urush suratlari

Shahar vayron bo‘lgan, ammo bu yerda odamlar qolmoqda.

Rossiya qo‘shini 2024 yil aprelidan buyon Donetsk oblastining Chasiv Yar shahrini egallashga harakat qilmoqda — bu o‘tgan yil mayida ruslar nazoratiga o‘tgan Baxmut shahridan g‘arbda joylashgan, ukrainlar mudofaasi uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan shahardir. RF mudofaa vazirligi iyul oyi boshida shaharning sharqiy chekkasi hisoblangan Noviy mikrorayoni (Kanal rayoni) egallangani haqida xabar berdi. RF qo‘shini Chasiv Yarda shaxsiy tarkib va texnikalar borasidagi katta yo‘qotishlar evaziga kechgan amaliyotning birinchi bosqichini yakunlagan. «Revansh» batalyoni komandiri Bogdan Xodakovskiy Kanal mikrorayoni dushman tomonidan egallanganiga izoh berarkan, Rossiya bunga shahardagi barcha ko‘p qavatli binolarni vayron qilish orqali erishganini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Chasiv Yar boy berilishiga yaqin qolgan».

Rossiya qo‘shini Chasiv Yarni ixtiyoridagi barcha qurollardan o‘qqa tutmoqda, shaharga boshqariluvchi aviabombalar tashlanmoqda va boshqa aviatsiya o‘t ochish vositalari qo‘llanmoqda, deyishadi Ukraina qurolli kuchlarining Chasiv Yar mudofaasida turgan qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi jangchilari
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Urushga qadar Chasiv Yarda 14 ming atrofida odam yashagan. 2024 yil martiga kelib shaharda 700 chog‘li odam qolgandi, ularning aksari evakuatsiyadan bosh tortgan katta yoshli kishilar.
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiyaning Ukrainaga bosqini davomida yakson etilgan sovet uchuvchisi haykali
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chasiv Yardagilarning ko‘pchiligi yerto‘lalarda yashamoqda, deydi mazkur fototarixni tayyorlashda suratlaridan foydalanilgan fotograf Marek M. Berezovskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shahar front chizig‘ida ekaniga qaramay, Chasiv Yarda «ancha odam bor».
Marek M. Berezowski / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chasiv Yar aholisi vakillari 5 iyul kungi zarbalar vaqtida halok bo‘lgan qarindoshiga aza tutmoqda. Oblast harbiy ma’muriyatiga ko‘ra, o‘sha kuni shahar obshchinasida uch kishi halok bo‘lib, uchta ko‘p qavatli uy hamda beshta xususiy uy shikastlangan

Mavzuga oid