Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Chechenistonga tashrif buyurdi
O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Checheniston Respublikasiga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan 1-Kavkaz investitsiya forumida ishtirok etdi.
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, "Katta Kavkaz: dengizdan dengizgacha" deb nomlangan plenar sessiyasida ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqqan Laziz Qudratov ikki davlat rahbarlari tomonidan o‘zaro savdo hajmini 30 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha qo‘yilgan vazifani bajarish uchun O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biridir. Oxirgi 7 yilda O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobar o‘sdi va 2023 yil yakuniga ko‘ra, qariyb 10 milliard dollarga yetdi. O‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlar tarkibi yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar hisobiga sifat jihatidan o‘zgarmoqda.

Shuningdek, munosabatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari qatorida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish uchun yangi qo‘shma sanoat zonalarini tashkil etish, qo‘shma moliyalashtirish vositalarini shakllantirish, turizmni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish ham belgilandi.

Ma’ruzachi Rossiya hududlari va Rossiya biznesi vakillarini O‘zbekistonda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib o‘zaro manfaatli yangi loyiha va tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga chaqirdi.
Mavzuga oid
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
12:42 / 14.02.2026