Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand yaqinida “A” klassdagi multimodal logistika markazi ochiladi
2025 yilning II choragida ishga tushadigan “Logopark Samarqand” multimodal transport logistika markazi mintaqadagi eng yirigi bo‘lishi kutilmoqda.
Jahon darajasidagi logopark qurilishi joriy yilning fevral oyida boshlangan, deb yozadi STV. 40 ming kvadrat metr maydonni egallovchi markaz elektron tijorat, distributsiya, ishlab chiqarish va logistika bilan shug‘ullanuvchi yetakchi jahon va mahalliy kompaniyalarning mahsulotlarini joylashtirishga mo‘ljallangan.
Loyihani Marakand Logair kompaniyasi (SEG Enera kompaniyasi shu’ba korxonasi) amalga oshirmoqda. Majmuada turli harorat rejimidagi omborxonalar, shuningdek, qo‘shimcha servis va xizmatlarning keng tanlovi taqdim etiladi. Allaqachon ombor maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha shartnomalar imzolash boshlangan.
Loyihachi kompaniyaning bosh direktori Ikrom Yodgorovning aytishicha, Samarqand viloyatida ham ichki, ham xalqaro savdo-sotiqning dinamik o‘sib borayotgani hisobga olinsa, zamonaviy ombor maydonlariga talab juda katta.
«Biz potensial mijozlarga quruq, sovitilgan omborlar, shuningdek, import tovarlarni uzoq muddatga bojxona jarayonlaridan o‘tkazmasdan saqlab berish imkoniyatini taqdim etmoqchimiz. Ishonchimiz komilki, markaz xizmatlari tovar ishlab chiqaruvchilarga o‘z mahsulotlarini ichki bozorda ham, xorijda ham sotishga yordam beradi», - deydi I.Yodgorov.
Yangi logistika markazi yetkazib berish zanjirlari va muddatlarini sezilarli qisqartiradi, shuningdek, yuk tanish manyovrliligini oshiradi. Markaz M-37 xalqaro trassasi bo‘yida, SEG Enera kompaniyasining yana bir shu’ba korxonasi — Air Marakanda tomonidan boshqariladigan Samarqand xalqaro aeroporti yaqinida joylashadi va bu ham qulay shart-sharoitlar va xizmat ko‘rsatishning foydaliligini ta’minlaydi.
Hozircha “Logopark Samarqand”ning narxi qanchaligi oshkor qilinmayapti.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026