O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakat ma’lum qilindi
2,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga chiqqan.
2024 yilning yanvar-iyun oylarida 2,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga yoki 34,6 foizga oshgan.
Joriy yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining turistik maqsadlarda eng ko‘p tashrif buyurgan mamlakatlari:
- Qirg‘iziston – 1 251,5 ming nafar;
- Tojikiston – 560,6 ming nafar;
- Qozog‘iston – 420 ming nafar;
- Rossiya – 122 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 104,6 ming nafar;
- Turkiya – 91,8 ming nafar;
- BAA – 62,6 ming nafar;
- Misr – 17,6 ming nafar;
- Kuvayt – 16,7 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 10 ming nafar;
- boshqa davlatlar – 73,1 ming nafar.
Mavzuga oid

19:32 / 19.04.2025
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti

13:40 / 16.04.2025
Xitoyda O‘zbekiston madaniy hordiq bo‘yicha eng yaxshi yo‘nalish sifatida e’tirof etildi

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025