Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
Qirg‘iziston prezidentining ikki kunlik tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan mamlakatimizda bo‘lgan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi yakunlandi.
Ikki kunlik tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi, ularning yakunida yetakchilar keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.
Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi. Energetika, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sanoatida yirik qo‘shma loyihalarga start berildi.
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston san’at ustalarining konsertini tomosha qildilar.
So‘ngra yetakchilarning muloqoti Xivada davom etdi. «Xiva gilamlari» kombinatining ishlab chiqarish quvvatlari, «Made in Uzbekistan» brendi ostidagi mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Prezidentlar rafiqalari bilan birgalikda qadimiy Xiva shahrining tarixiy-me’moriy durdonalarini ham ziyorat qildilar.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Urganch xalqaro aeroportida Sadir Japarov va rafiqasini kuzatib qo‘ydi.
Shundan so‘ng davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.


Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026