Aldov yöli bilan boyimoqçi bölgan Britaniya armiyasi mayori qanday foş bölgandi?
|16:26 / 20.07.202447 0629 min
2001 yilda Britaniyadagi telekanalda ötkazilgan “Kim millioner bölişni xohlaydi?” körsatuvida armiya mayori ğalaba qozonadi. Dastlabki 4-5 savolga tez javob berib, qolgan savollarda özini juda ğalati tutgan odamning körsatuvda ğalaba qozonişi telekanal xodimlarini şubhalantiradi. Körsatuvni diqqat bilan tomoşa qilgan ekspertlar mayor aldov yöli bilan yutganini aniqlaşadi.
Internet paydo bölib rivojlana boşlagandan söng televideniye jiddiy raqobatga duç kelmoqda. YouTube, Instagram, TikTok va boşqa şu kabi platformalarda har xil mavzularda turli videolar tinimsiz e’lon qilinayotgan paytda telekanallar yaşab qoliş uçun qiziqarli körsatuvlar qilişga majbur bölmoqda.
Turli yutuqlar va pul öynaladigan körsatuvlar telekanallar reytingini kötaruvçi körsatuvlar hisoblanadi. Şu jumladan, pul yutuqlari öynaladigan turli şoular ham.
Ilk bor 1998 yilda Britaniyadagi ITV (Independent Television) telekanalida paydo bölgan “Kim millioner bölişni xohlaydi?” (Who Wans to Be a Millionaire?) körsatuvi ham yutuqli pul öynaladigan şou hisoblanadi.
Bu körsatuv iştirokçisiga 15 ta savol beriladi va har bir savolga törtta javob aytiladi. U töğri javobni topsa keyingi savolga ötiladi. Iştirokçi barça savollar javobini topsa juda katta miqdorda pul yutişi mumkin.
“Kim millioner bölişni xohlaydi?” körsatuvi köp ötmay ommabop şouga aylanadi va dunyoning boşqa davlatlari telekanallari ham uni taşkil etiş böyiça litsenziya sotib oladi.
Britaniyada taşkil etilgan körsatuv iştirokçisi barça savollarga töğri javob bersa u bir mln funt sterlingga ega böladi. Körsatuv ommalaşib borar ekan, unda iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritgan ayrimlar ğirrom va aldov yöli bilan yutib ketişga urinadi. Ana şunday şaxslardan biri Britaniya armiyasi mayori Çarlz Ingrem bölgan.
Körsatuvdan kadr
Ğoliblik va ğirrom öyin
2001 yil 9-10 sentabr kunlari Borxemvud şahridagi Elstree Studios kompaniyasi studiyasida ITV telekanalida namoyiş etiş uçun “Kim millioner bölişni xohlaydi?” körsatuvining navbatdagi soni suratga olinadi.
Unda qatnaşgan Britaniya armiyasi mayori Çarlz Ingrem barça savollarga töğri javob topib ğolibga aylanadi. Oxirgi savol şunday bölgandi:
100 ta nol bilan tugaydigan raqam qanday ataladi?
A: Gugol
B: Megatron
Mavzuga oid
S: Gigabit
D: Nanamol
Çarlz “A” javobni belgilaydi va ğolib böladi, biroq yutuqqa qöyilgan 1 mln funt sterlingni (sömda hozirgi kurs bilan 16 mlrd 444 mln böladi) ololmaydi. Uni ğirrom öynaganlikda ayblaşadi.
Körsatuvdan kadr
Gap şundaki, öyin boşlangaç Çarlz dastlabki 3-4 ta savolga oson javob beradi. Javob beriş jarayonida javoblarini qöşimça ma’lumotlar bilan izohlaydi.
Biroq qiyin savollar boşlanganda u umuman ojiz qoladi. Töğri javobni tanlaşda ikkilanadi. Şuningdek, boşlovçining nega bu javobni tanladingiz deb bergan savoliga tayinli javob bera olmaydi.
Çarlz keyingi savollarga amallab javob beradi. Biroq uning tanlovi töğri javob bölib çiqaveradi. Öyin davomida boşlovçi (maşhur Kris Tarrent) unga öyinni yetib kelgan joyidan töxtatib öşa paytgaça yutgan pullarini olişni bir neça bor taklif etadi. Biroq Çarlz rad etadi.
Çarlz öyin davomida özini juda ğalati tutadi. Şundan söng körsatuv homiylari, telekanal xodimlari undan şubhalanadi.
Körsatuvdan kadr
Öyin tugab unda Çarlz ğolib böladi. Şundan söng telekanal xodimlari ekspertlar bilan körsatuvning töliq videosini sinçiklab tekşirib köradi. Şunda ular ajablanarli holatga duç keladi.
Çarlz har gal variant sifatida berilgan törtta javob orasidan töğri javobni öqiganda tomoşabinlar orasidan kimdir yötaladi. Keyingi savolda boşqa odam.
Tekşiruv davomida Çarlz har gal javoblarni öqiyotib töğri javobga kelganda ikki kişi navbati bilan yötalgani ma’lum böladi. Şundan söng zaldan tuşirilgan kadrlar orasidan yötalgan insonlarni topişadi. Ularning biri ayol, ikkinçisi erkak kişi edi.
Keyingi bosqiçda zalga kiritilgan odamlarning ma’lumotlari asosida Çarlz töğri javobni aytganda yötalib turganlar tekşirib körilganda ayol uning xotini Dayana, erkak esa uning şerigi Tekven Uittok ekani oydinlaşadi.
Körsatuvdan kadr
Sud va Çarlzning mağlubiyati
Telekanal xodimlari körsatuvning töliq tasvirlarini körib çiqişgaç Çarlz xotini va şerigi bilan tayyorgarlik körgan, ğirromlik bilan öyinni yutgan deb topişadi. Biroq buni sud ham tasdiqlaşi kerak edi.
Telekanal Çarlz, uning xotini va şerigini sudga beradi. Sud bir neça hafta davom etadi va mayor hamda uning xotini firibgarlik qilgan deb topiladi.
Sud davomida Çarlzning xotini Dayana avval ham yutuq öynaladigan şoularda iştirok etgani va akasi Edrian Pollok yordamida ğirrom öynab pul mukofoti yutgani aniqlanadi.
Öşa şoularning birida Edrian Dayanaga, keyingi safar aka şouda qatnaşganda singil unga yordam bergan bölib çiqadi. Şu tariqa aka va singil bir neça ön ming funt sterling yutib oladi.
Ma’lum bölişiça, Çarlzni “Kim millioner bölişni xohlaydi?” körsatuvida qatnaşişga xotini undagan va yordam berişini aytgan ekan.
Sud Çarlzni avvaliga yutuqdan mosuvo etadi. Söng er-xotinga 2 yildan şartli qamoq jazosi berib, ularga 115 ming funt sterling jarima ham soladi.
Çarlzning omadsizligi şu bilan tugamaydi. U sudlangandan söng Armiya kengaşi undan mayor unvonini tortib oladi.
Çarlz sud hukmidan norozi bölib apellyatsiya beradi. Biroq 2004 yil 19 may kuni sud jarimani biroz kamaytiradi. Biroq jinoyat işi yopilmaydi va şartli qamoq jazosi saqlanib qoladi.
Çarlz yana apellyatsiya beradi. Bu safar Lordlar palatasi uning şikoyatini rad etadi. Şundan söng u Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga şikoyat qiladi.
Yevropa sudi Çarlzning jarimasini 25 ming, Dayananikini 5 ming funt sterlinggaça kamaytiradi. Biroq şartli qamoq jazosini bekor qilmaydi. Suddan yuborilgan xabarnomada Çarlz va uning xotiniga belgilangan jazoni bekor qiliş uçun asos yöqligi yozilgan edi.
Çarlz va uning xotini sudlangan 2003 yilda Dayana yana bir jinoyat işi böyiça javobgar böladi. U suğurta kompaniyasini çuv tuşirganlikda va kompaniya mablağini özlaştirganlikda ayblanadi.
Ma’lum bölişiça, 1990-yillar boşlarida ayol uyini suğurta qiladi. Suğurta xizmatlari orasida uydan yöqoladigan buyumlarning pulini tölab beriş böyiça ham şartnoma bölgan. Şundan söng Dayananing uyidan turli narsalar tez-tez yöqolavergan va ayol ular uçun tovon pullarini olgan.
Şu tariqa, 1991 yildan 1997 yilgaça suğurta kompaniyalaridan biri ayolga ança pul tölagan. Biroq oxirida bu iş ham mojaro bilan yakun topadi.
Gap şundaki, sönggi marta suğurta kompaniyasidan yöqolgan narsa uçun 9 ming funt sterling olgan ayol öziga tölangan pullarni kam deb hisoblaydi. Kompaniyadan 30 ming funt sterling talab qiladi va undirib oladi.
Dayana va uning eri “Kim millioner bölişni xohlaydi?” körsatuvidan keyin firibgarlikda ayblangaç bu iş şov-şuv böladi. Şunda er-xotinning firibgarligidan xabar topgan suğurta kompaniyasi ham Dayanani sudga beradi.
Dayana Ingrem sud zalida
Ayol suğurta kompaniyasidan pul undiriş uçun uyidagi narsalarni ongli ravişda yaşirganlikda ayblanadi. Sud Dayanani aybdor deb topadi va suğurta kompaniyasidan olgan pullarni qaytariş haqida hukm çiqaradi.
Jazodan keyingi hayot va hind adibining asari
Şartli qamoq jazosi tugagandan söng Ingrem xotini Dayana va uç nafar qizi bilan Isterton şahrida yaşay boşlaydi. Sudlangandan bir yil ötib er-xotin özlarini bankrot deb e’lon qiladi.
Ingrem 2010 yilda hovlisidagi çimni öriş paytida ehtiyotsizlik qiladi va qölidagi uç barmoğidan ayriladi.
2005 yilda hindistonlik adib Vikas Svarup Ingremning tarixini öqib qoladi va “Savol-Javob” deb nomlangan asar yozadi. 2008 yilda rejissyorlar Denni Boyl va Lavlin Tandon mazkur asar asosida “Xarobadan çiqqan millioner” filmini suratga oladi.
Film hodisalari Hindistonga köçiriladi va unda taniqli aktyorlar Dev Patel, Frida Pinto va Anil Kapur boş rollarni öynaşadi.
Filmdan lavha
Vikas Svarupning asarida va uning asosida suratga olingan filmda syujyet tamomila boşqaça tasvirlangan. Unda Ingrem tarixi haqida heç qanday gap yöq.
Film ijodkorlari unda “Kim millioner bölişni xohlaydi?” öyini taşkilotçilari ham ğirromlik qilişi mumkinligini körsatadi.