Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda noqonuniy tashqi reklama konstruksiyalari majburiy demontaj qilinadi
Toshkent shahrida noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obektlari (konstruksiyalari) majburiy tartibda demontaj qilinadi.
Poytaxt hokimi qaroriga ko‘ra, 2024 yilning 1 iyuniga qadar bunday obektlarni qonuniylashtirish imkoniyati berilgan.
Demontaj ishlari hokimlikning Raqamli rivojlanish departamenti hisobidan amalga oshiriladi. Milliy gvardiya demontaj vaqti jamoat xavfsizligini ta’minlaydi.
Poytaxtda noqonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama va axborot obektlarini demontaj qilish ishlari 2024 yil 31 dekabrga qadar yakunlanadi.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ demontaj qilinishi kerak bo‘lgan tashqi reklama va axborot obektlarini majburiy tartibda elektr tarmog‘idan uzish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
20:05 / 13.03.2026
Rossiyada Telegram'da reklama joylashtirish noqonuniy deb ataldi
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
22:42 / 18.01.2026