Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Armaniston bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
Viza rejimini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar odatda ko‘p yillar davom etadi. Yakuniy qaror uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning roziligi talab qilinadi.
Yevropa Ittifoqi Armaniston bilan vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ma’lum qildi, deb yozdi Reuters.
Mirzoyan bo‘lajak muzokaralarni «Armaniston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi umumiy qadriyatlar va tamoyillarga asoslangan sheriklikni chuqurlashtirishdagi juda muhim bosqich» deb atadi.
Yevropa Ittifoqi bilan viza rejimini bekor qilish bo‘yicha muzokaralar odatda ko‘p yillar davom etadi. Yakuniy qaror uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlarning roziligi talab qilinadi.
Hozir Yevropa Ittifoqi sobiq SSSR tarkibiga kirgan uchta davlat - Moldova, Gurjiston va Ukraina bilan vizasiz rejimga ega. Estoniya, Latviya va Litva esa allaqachon Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan. Armaniston so‘nggi paytlarda G‘arb davlatlari bilan aloqalarini mustahkamlamoqda. Bu Rossiya bilan munosabatlarning yomonlashuvi fonida ro‘y bermoqda – Yerevanda ko‘pchilik Moskva Armanistonni Ozarboyjon bilan mojaroda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ittifoqchilik majburiyatlarini bajarmagan deb hisoblaydi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026
Yevropa Ittifoqi noqonuniy migrantlarga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
11:05 / 16.06.2026
Kallas: g‘arb sanksiyalari Rossiyaga 1,3 trln yevroga tushdi
09:45 / 15.06.2026