AQSh rossiyalik nolegal migrantlarga boshpana so‘rash shartlarini keskin qat’iylashtirdi
AQSh hokimiyati Amerikadan boshpana so‘ramoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarolari uchun shartlarni juz’iy qat’iylashtirgan. Bu haqda migratsion advokat Yuliya Nikoforova The Breakfast Show teledasturida ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra AQShga Meksika chegarasi orqali kirib kelgan RF fuqarolari avval CBP One hukumat ilovasi orqali migratsion markazda bir haftacha qolib, keyin ozodlikka chiqib, o‘z keysi bo‘yicha yakuniy qarorni kutib yurishgan bo‘lsa, endi vaziyat tubdan o‘zgargan.
“May oylaridan boshlab mana shu g‘alati tendensiya boshlandi. Odamlar appointmentʼga kelishgach, ularni ushlab, chiqarmay qo‘yishdi. Gap faqat Rossiya pasporti egalari haqida bormoqda. Chunki boshqalar, meksikaliklar va Lotin Amerikasidan kirib keayotganlar o‘sha jarayondan o‘tib, tekshirishlardan so‘ng ozodlikka chiqishmoqda. Rossiyaliklar esa o‘tirishda davom etishmoqda”, — deb tushuntirgan yurist.
Nikolayevaning qayd etishicha, bu axborotga rasman tasdiq yo‘q, chunki milliy yoki fuqarolik belgisiga huquqlarning toptalishi AQSh qonunchiligi bilan taqiqlangan. Biroq uning yaqinda AQShga kirib kelgan va barcha zarur jarayonlardan o‘tgan rossiyalik mijozlari migratsion markazdan hanuzgacha ozod etilmagan.
Yurist buni yaqinda yuz bergan voqea bilan bog‘lamoqda. O‘shanda Rossiya pasporti bilan AQShga kirib kelgan bir necha tojikistonlik fuqarolarning IShIDga aloqadorligi aniqlangan. Shundan so‘ng Vashingtonda Rossiya pasporti egalarini “filtrlash” usullarini topish va terrorchilarning mamlakatga kirib kelishining oldini olish ustida ishlay boshlashgan. Amerikaliklar shuningdek “Putinning agentlari” provokatsiya uyushtirish uchun mamlakatga kirib kelishidan cho‘chishmoqda, deydi advokat.
Iyun oyida The New York Post gazetasi AQSh hukumati Meksika chegarasida ushlangan Rossiya va yana beshta possovet davlatlaridan kelgan migrantlarni “zudlik bilan chiqarib yuborish”ni boshlashini ma’lum qilgan edi. Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, Kaliforniyadagi chegara xizmati yuzdan ortiq davlatlardan kelgan migrantlarni mamlakatga kiritish buyrug‘ini olgan. Biroq Rossiya, Gurjiston, Moldova, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bundan mustasno qilingan.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
21:00 / 12.11.2024