Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kursk viloyati rasmiylari: Ukrainaning to‘rtta raketasi urib tushirildi
Kursk uzra kuchli portlash sodir bo‘ldi. Viloyat rahbari Ukraina raketalari viloyatning ikki tumani ustida urib tushirilganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi vaziyatga izoh bermadi.
Foto: Sergei Fadeichev/TASS/picture alliance
Kursk viloyati ma’muriyatining ma’lum qilishicha, mintaqa uzra to‘rtta Ukraina raketasi urib tushirilgan. 30 iyul, seshanbaga o‘tar kechasi «UQK raketalari Oktyabr va Kurchatov tumanlari uzra osmonda yo‘q qilindi», deb yozdi Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov Telegram’da.
Rossiya Mudofaa vazirligi, xuddi Ukraina rasmiylari kabi, bu borada bayonot bermadi.
Telegram-kanallari Kurskda tunda yuz bergan kuchli portlash haqida yozmoqda. Shahar osmonida yorqin chaqnash ko‘ringan, bir qancha joylarda to‘xtab turgan mashinalar signallari baland ovoz tufayli ishlab ketgan. Portlash Moskva vaqti bilan soat 3.00 atrofida qayd etilgan. Shu bilan birga, viloyat rahbari Telegram’da raketa xavfi haqida yozgan va aholini o‘zini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirgan.
Kursk viloyatidagi neft bazasida dronlar hujumi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi
28 iyulga o‘tar kechasi dronlar hujumi natijasida Kursk viloyatidagi neft bazasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in faqat ikki kundan so‘ng, 30 iyul kuni ertalab o‘chirildi, dedi viloyat rahbari Smirnov.
29 iyul kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Kursk viloyatidagi to‘rtta elektr podstansiyasi nishonga olinganini e’lon qildi, buning natijasida Ponirovskiy, Kursk va Solnsevskiy tumanlarida elektr ta’minotida «uzilishlar qayd etilmoqda». «Ukrainaga qarshi urush uchun ishlaydigan Rossiya sanoati bizning qo‘shinlarimiz uchun qonuniy nishondir», deyiladi bayonotda. Kursk viloyatidagi elektr podstansiyalari, jumladan, Ukrainadagi rus qo‘shinlari uchun qurol va harbiy texnikani olib o‘tadigan Rossiya temiryo‘li ishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
07:38
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
21:13 / 03.05.2026