Venesuela saylovdan keyin 7 mamlakatdan diplomatlarini chaqirib olyapti
Venesuela Lotin Amerikasida saylov natijalarini tan olmagan yetti davlatdan diplomatlarini chaqirib oladi. Mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlandi va kamida bir kishi halok bo‘ldi.
Venesuela prezidentlik saylovlari natijalariga rozi bo‘lmagani uchun Lotin Amerikasining yetti davlatidan diplomatlarini chaqirib oladi. Venesuela Tashqi ishlar vazirligi 29 iyul, dushanba kuni Argentina, Chili, Kosta-Rika, Peru, Panama, Urugvay va Dominikan Respublikasi hukumatlarining «intervension harakatlari va bayonotlarini» rad etdi va shu bilan ularning «aralashuviga» qarshi norozilik bildirdi.
Avvalroq bu mamlakatlar Venesueladagi saylov natijalarini to‘liq ko‘rib chiqishni talab qilgan, unda respublikaning amaldagi hukmdori Nikolas Maduro g‘olib deb e’lon qilingan edi. Venesuela Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, Maduro 51 foizdan sal ko‘proq, muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales esa 44 foiz ovoz olgan. Muxolifat e’lon qilingan natijalarni soxta deb atadi va ularni tan olishdan bosh tortdi. Muxolifat keltirgan mustaqil ekzitpollar natijalariga ko‘ra, Gonsales 73 foiz ovoz olgan.
Muxolifatchi Gonsales: Bizda g‘alaba isboti bor
«Bizning qo‘limizda tarixiy, so‘zsiz va matematik jihatdan qaytarib bo‘lmaydigan g‘alabamizdan dalolat beruvchi protokol bor», dedi 29 iyul oqshomida muxolifat nomzodi Edmundo Gonsales. U, shuningdek, xalqaro hamjamiyatga «shunday tanqidiy daqiqalarda birdamlik va yordam uchun» minnatdorchilik bildirdi.
Qat’iy noroziliklar: bir kishi halok bo‘ldi
Rasmiy saylov natijalari e’lon qilinganidan keyin poytaxt Karakas va Venesuelaning boshqa shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. Namoyishlar politsiya va namoyishchilar shiddatli to‘qnashuvlari bilan kechmoqda. Bundan tashqari, mahalliy OAV Karakasdagi namoyishchilar fuqarolik kiyimidagi bir guruh odamlar tomonidan o‘qqa tutilganini xabar qildi. Otishma sodir etganlar Maduro hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiylashtirilgan guruhlar - «Kolektivos» a’zolari bo‘lishi mumkin, deb ta’kidlaydi dpa agentligi.
«Yaracuyda kamida bir kishi halok bo‘ldi», - dedi Foro Penal inson huquqlari tashkiloti rahbari Alfredo Romero.
Mavzuga oid
21:49 / 08.11.2024
Ishchilar sinfi isyoni yoki muvaffaqiyatsiz kampaniya? Harris saylovda nega yutqazdi?
18:42 / 07.11.2024
Trampning g‘alabasi: u amerikaliklarni qanday ishontira oldi?
18:18 / 07.11.2024
Imzo chekishni bilmagani uchun minglab yosh amerikaliklarning saylov byulleteni bekor qilindi
13:51 / 07.11.2024