Ukraina F-16 taqdim etilishi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi bu masala bo‘yicha izoh bermasliklarini aytdi, chunki bu ular uchun omon qolish omilidir.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak F-16 g‘arb qiruvchilarining birinchi partiyasi olingan yoki olinmagani haqidagi ma’lumotga izoh bermasligini aytdi.
«Bu aniq, biz hech qanday izoh bermaymiz, chunki bu biz uchun omon qolish omili», dedi Podolyak telemarafonda efirida.
Uning ta’kidlashicha, g‘arb hamkorlaridan F-16 taqdim etilishi bo‘yicha rasmiy bayonotlar yo‘q.
Ayni vaqtda Litva tashqi ishlar vaziri Gabriyelyus Landsbergis g‘arb ittifoqchilari allaqachon F-16 qiruvchilarining birinchi partiyasini Ukrainaga jo‘natganini aytdi.
«F-16 Ukrainada. Yana bir imkonsiz narsa mutlaqo mumkin bo‘lib chiqdi», — deb yozdi u 31 iyul kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024