Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Netanyahuga yordamni to‘xtatish bilan tahdid qilmoqda - OAV
AQSh rahbari Isroil bosh vazirining Bayrut va Tehrondagi qotillik operatsiyalaridan norozi ekanini bildirgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Getty Images
AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni mintaqaviy urush xavfi ortib borayotgani sababli zo‘ravonlikning keskinlashishidan ogohlantirdi. Bu haqda Axios o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Oq uy rahbari shaxsiy suhbat chog‘ida Netanyahudan mintaqadagi keskinlikning kuchayishini to‘xtatishni, zudlik bilan G‘azodagi garovga olinganlar bo‘yicha kelishuvni qabul qilishni va o‘t ochishni to‘xtatishni talab etgan.
«Bayden va yordamchilari Netanyahuning to‘rt yil ichida Oq uyga birinchi tashrifidan bir hafta o‘tib sodir bo‘lgan Isroilning Bayrut va Tehrondagi qotilliklarining oqibatlaridan hafsalasi pir bo‘ldi», deyiladi maqolada.
Nashrga ko‘ra, AQSh rasmiylari 1983 yilda Bayrutda 241 nafar AQSh askarining o‘ldirilishida ishtirok etgan «Hizbulloh» oliy harbiy qo‘mondoni Fuad Shukrning o‘limi yoki HAMAS siyosiy yetakchisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishidan afsusda emas.
«Ammo ular Netanyahuni ushbu operatsiyalar haqida Baydenni ogoh etmaganlikda ayblashadi. Bayden ma’muriyati Isroil va HAMAS o‘rtasidagi kelishuvni Yaqin Sharqdagi urushdan keyingi strategiya markazida qo‘yadi. Bayden kelishuvga erishishni lavozimida qolgan olti oy davomida o‘z merosining asosiy elementi deb hisoblaydi», deyiladi maqolada.
AQSh rasmiylarining jurnalistlarga aytishicha, Bayden Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilib, Eron va «Hizbulloh»ning ehtimoliy qasos olishiga AQSh va Isroilning birgalikdagi harbiy tayyorgarliklarini muhokama qilgan, biroq u Isroil bosh vazirining o‘tgan hafta tutgan yo‘lidan norozi ekanini ham aniq bildirgan.
«Bayden Netanyahudan norozi bo‘lgan. Chunki ular o‘tgan hafta Oq uyda kelishuvni ta’minlash haqida gaplashib olgan bo‘lsa-da, Netanyahu buning o‘rniga Tehronda qotillik sodir qilgan... Shuningdek, Bayden Netanyahuni vaziyat yana keskinlashsa, o‘zidan yordam kutmasligi haqida ogohlantirgan», deyiladi maqolada.
Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, Isroil bosh vazirining idorasi Netanyahu «Amerika qo‘llab-quvvatlashini qadrlashi va Isroil bosh vaziri sifatida u faqat Isroil davlatining xavfsizlik manfaatlariga muvofiq harakat qilishini» aytgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

23:23 / 08.07.2025
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda

19:14 / 08.07.2025
G‘azoliklarni ko‘chirish, Eron va Suriya mavzulari - Tramp va Netanyahu nimalarni muhokama qildi?

19:06 / 08.07.2025
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi

15:21 / 08.07.2025