Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondan yuk tashish uchun Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma temiryo‘l korxonasi tashkil etiladi
Ushbu loyiha o‘zaro savdo va yuk tashish hajmini oshirishi, bundan tashqari, transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etishi ta’kidlanmoqda.
Qozog‘iston-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Alibek Quantirov qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini aytib o‘tdi.
«Qozog‘istonning 2030 yilgacha transport-logistika salohiyatini oshirish konsepsiyasida 5 ta transchegaraviy markaz tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu markazlar sarmoyani jalb etishning asosiga aylanadi va qo‘shni davlatlarga noxomashyo eksportini 35 foizga oshirish imkonini beradi. Biz mintaqada transport logistikasi salohiyatini oshirish, transport yo‘laklarini modernizatsiya qilish va yangi yo‘nalishlarni ochishdan manfaatdormiz. «Belarus-Rossiya-Qozog‘iston-O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston» xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolaganimiz buning dalilidir. Ushbu yo‘lak Yevropa Ittifoqi va Rossiyani Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog‘lovchi Markaziy Osiyo yo‘lagi orqali o‘tishi rejalashtirilgan. Darbaza-Maqtaaral temiryo‘l liniyasi qurilishi loyihasining ishga tushirilishini hisobga olsak, uning Qozog‘istondagi qismi Markaziy Osiyo koridori ehtiyojlarini qondira oladi», dedi u.
Shuningdek, Afg‘onistondan yuk tashish uchun Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma temiryo‘l korxonasi tashkil etilishi sabablariga to‘xtaldi.
«Aytish kerakki, Qozog‘iston va O‘zbekiston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida qo‘shma korxona tashkil etish loyihasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi. Ushbu loyiha o‘zaro savdo va yuk tashish hajmini oshiradi. Bundan tashqari, ushbu qo‘shma korxona transafg‘on yo‘nalishini rivojlantirishda ishtirok etadi. Bu ikki davlat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», dedi Alibek Quantirov.
Mavzuga oid
08:30 / 18.06.2026
Qaysi davlatlarda yuqori tezlikdagi temiryo‘llar eng rivojlangan?
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
08:30 / 16.06.2026
Alp tog‘laridan dengiz tubigacha: dunyodagi 7 eng uzun temiryo‘l tunneli
10:50 / 12.06.2026