Parij-2024. Assakalov bronza uchun bahsda jarohat olib faoliyatini yakunladi, Vardanyan ham turnirni medalsiz tugatdi
Olimpiadaning yunon-rum kurashi bellashuvlarida O‘zbekiston vakillari Rustam Assakalov va Aram Vardanyan bronza medali uchun bahslarda gilamga chiqishdi.

Foto: olympic.uz
-97 kg vazn doirasidagi o‘tish bahsida Rustam Assakalov koreyalik Seong Jun Kimni mag‘lub etgach, bronza medali uchun bahsda kubalik Gabriel Kindelanga qarshi gilamga chiqdi.
40 yoshli atlet bahs boshidayoq jarohat olib, turnirdagi ishtirokini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. U musobaqani 5-o‘rinda yakunladi. Kubalik kurashchi esa bronzaga ega chiqdi.
Shu tariqa, Rustam Assakalov Olimpiadadagi so‘nggi chiqishidan keyin oyoq kiyimini gilamda qoldirib, sportchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Rustam Assakalov O‘zbekiston jamoasi tarkibida jahon chempionatlarida 1 tadan oltin va kumush, Osiyo o‘yinlarida 1 tadan oltin, kumush va bronza, qit’a birinchiliklarida esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilgan.
-77 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik Aram Vardanyan bronza uchun o‘tish bahsda jazoirlik Abdulkarim Oukalinini mag‘lub etgach, medal uchun bellashuvda armanistonlik Malxas Amoyanga qarshi qiyin bahsni o‘tkazdi va bir ballik farq bilan (5:6) mag‘lub bo‘ldi.
Vardanyan uchun ham musobaqa medalsiz yakunlandi va u turnirni 5-o‘rinda yakunladi.
5 avgust kuni -60 kg vazn toifasida Islom Bahromov chorakfinalgacha yetib borgandi. Lekin u KXDR vakili Se Ung Riga mag‘lub bo‘ldi. O‘z navbatida, shimoliy koreyalik sportchi yarimfinalda Xitoy vakiliga yutqazdi va Islom Bahromov bronza medali uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi va turnirni 7-o‘rinda yakunladi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari Olimpiadani medallarsiz yakunladi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaqin 75 yil ichida dengiz sathi uch metrga ko‘tarilishi mumkin - olimlar
Fan-texnika | 00:12
-
YeI davlatlari «Ozodlik radiosi» uchun muqobil moliyalashtirish manbalarini qidiradi
Jahon | 23:38 / 18.03.2025
-
Putin Ukraina energetika obektlariga 30 kun zarba bermaslikni qo‘llab-quvvatladi va «harbiylarga tegishli buyruq berdi»
Jahon | 23:07 / 18.03.2025
-
Bundestag mudofaa xarajatlarini oshirishga yordam beradigan qonunni ma’qulladi
Jahon | 22:25 / 18.03.2025
Mavzuga oid

00:08 / 03.08.2021
Uch bokschi medalga yaqin, Assakalov va Jo‘rayev ham bahslarga qo‘shiladi

18:00 / 16.09.2019
Rustam Assakalov jahon chempionatida O‘zbekiston hisobiga ikkinchi medalni qo‘shib qo‘ydi

15:10 / 16.09.2019
O‘zbekistonlik kurashchilar uchun jahon chempionatining uchinchi kuni muvaffaqiyatsiz kechmoqda

19:50 / 15.09.2019