Bugun, 16 sentabr kuni Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining uçinçi kun bellaşuvlari davom etmoqda.
Bugun yunon-rim kuraşida özbekistonlik tört nafar sportçi öz kuçini sinab kördi, ammo ular hozirça natijaga erişa olişmadi.
- 60 kg vazn toifasidagi Elmurat Tasmuradov 1/16 finalda armanistonlik Gevorg Ğaribyanni mağlub etdi (7:0), ammo 1/8 finalda yaponiyalik Keniçiro Fumitaga yutqazib qöydi (1:9).
-77 kg vazn toifasida gilamga çiqqan Jalgas Berdimuratov birinçi bosqiçdayoq vengriyalik Tamas Lorinsga mağlub böldi (1:3).
Eng oğir vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilayotgan Möminjon Abdullayev (-130 kg) esa dastlab bolgariyalik Miloslav Metodiyevga qarşi bahs olib borib, 3:1 hisobida ustun keldi. 1/8 finalda u xorvatiyalik Marko Kosçeviçni 3:1 hisobida yengdi, ammo u çorak finalda eronlik Amir Ğosemimonjyeziga qarşi gilamga çiqib, 1:3 hisobida yutqazdi hamda Tokio Olimpiadasiga yöllanma oliş imkoniyatidan foydalana olmadi.
Endi bu sportçilar Olimpiadaga yöllanma beruvçi poğonaga ilinişi va medalga kuraşişi uçun ularni mağlub etgan kuraşçilar finalgaça borişi talab etiladi.
15 sentabr kungi bahslarda iştirok etgan, -97 kilogramm vazn toifasidagi Jahongir Turdiyev birinçi bosqiçdayoq rossiyalik Musa Yevloyevga yutqazgandi. Lekin rossiyalik sportçi finalga yetib borgani tufayli uning avvalgi bosqiçlardagi raqiblarida bronza medali uçun kuraşiş imkoniyati paydo bölgandi. Turdiyev bugungi ötiş bahslarini yaponiyalik Yuta Nara bilan kuraşişdan boşlab, 6:4 hisobida ğalaba qozondi. Ammo u keyingi bosqiçda polşalik Tadeuş Mixalikka 3:4 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.
15 sentabr kungi bahslarda yarim finalga çiqib, Tokio-2020 Olimpiadasiga yöllanmani naqd qilgan Rustam Assakalov (-87 kg) esa bugun keçki dasturda bronza medali uçun kuraşadi. Hozirça uning raqibi kim bölişi ma'lum emas.











