Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça bölib ötayotgan jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi yana bir medalni qölga kiritdi.
Yunon-rim kuraşi böyiça musobaqada Özbekiston şarafini -87 kilogramm vazn toifasida himoya qilayotgan Rustam Assakalov bronza medal uçun gilamga çiqdi. Tajribali kuraşçi qirğizistonlik Atabek Azisbekovga qarşi şiddatli va murosasiz keçgan bellaşuvda 6:2 hisobida ğalaba qozondi va bronza medalni qölga kiritdi.
15 sentabr kungi bahslarda Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazgan va bronza medal uçun kuraşadigan bölgandi.
Eslatib ötamiz, keça Aram Vardanyan -72 kilogramm vazn toifasida kumuş medaliga sazovor bölib, Özbekiston terma jamoasiga musobaqadagi birinçi medalni olib bergandi.











