Turkiyada TikTok’ning bloklanishi muhokama qilinadi
Turkiyada texnologiya va kommunikatsiyalar kengashi qarori bilan 2 avgust kuni ertalab Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish bloklangan edi.
Turkiya parlamentining raqamli OAV bo‘yicha qo‘mitasi 16 avgust kuni mamlakatda Instagram ijtimoiy tarmog‘ining bloklanishi va TikTok’ning ehtimoliy taqiqlanishiga bog‘liq vaziyatni muhokama qiladi.
Turkiyada texnologiya va kommunikatsiyalar kengashi qarori bilan 2 avgust kuni ertalab Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish bloklangan edi. Turkiya hukumatiga ko‘ra, ushbu qaror ijtimoiy tarmoq mahalliy qonunchilikni buzgani tufayli qabul qilingan. Mahalliy OAVga ko‘ra, Anqaraning bunday yo‘l tutishiga Instagram HAMAS yetakchisi Isoil Haniyaning o‘ldirilishi munosabati bilan bildirilgan hamdardliklarni bloklagani sabab bo‘lgan. Instagram vakillari bilan muzokaralar har kuni davom etmoqda, biroq hozirda natijasiz.
Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo‘g‘luga ko‘ra, mamlakat hukumatida TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bloklash rejasi yo‘q.
«Kun tartibida TikTok’ni yopish masalasi yo‘q, umuman olganda biz biror nimani taqiqlashni maqsad qilmaymiz. Xorij ijtimoiy tarmoqlari qonunchiligimiz talablarini amalga oshirishlarini xohlaymiz», — deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Turkiya sud qarori asosida Roblox onlayn-platformasiga kirishni ham bloklagan edi. Mamlakat adliya vaziri Yilmaz Tunchning so‘zlariga ko‘ra, resursga kirish unda bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka bog‘liq kontent mavjudligi sabab yopilgan.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
00:12
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
15:15 / 19.01.2025
AQShda TikTokʼni taqiqlashga oid qonun kuchga kirdi. Foydalanuvchilar ilovaga kira olmayapti
22:32 / 17.01.2025
Tramp Si Jinping bilan telefon orqali TikTok va savdo aloqalarini muhokama qildi
20:37 / 17.01.2025