Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Rossiya Kursk oblastiga hujumni to‘xtatishning uddasidan chiqqan bo‘lishi mumkin
Sudja shahri tashqarisidagi rus tanki / Foto: Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirgan ukrain harbiylari avvaliga oson muvaffaqiyatlarga erishgan bo‘lsa, hozirda Rossiyaning bu hujumga javob harakatlari samarali bo‘lmoqda. Bu haqda New York Times bilan suhbatda Finlandiyaning Black Bird Group tashkiloti vakili Pasi Paroynen aytib o‘tdi.
Paroynenning tashkiloti sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va ijtimoiy tarmoqlarda jang maydonidan tarqalayotgan kontentlarni tahlil qilib boradi. Tahlilchining so‘zlariga ko‘ra, ukrain harbiylari Kurskda egallagan pozitsiyalarini hozircha saqlab turibdi deyish mumkin, lekin oxirgi ma’lumotlar Rossiya hujumni to‘xtata oldi, deya xulosa qilishga asos beradi.
Ayni paytda, Ukrainaning keyingi harakatlar rejasi ma’lum emas, ayrim ekspertlar Kursk oblastidagi amaliyot RF qo‘shinlarining Ukraina sharqidagi harbiy harakatlarini cheklashni ko‘zlagan demoqda, ammo bunday bo‘lgani yo‘q, deya yozadi NYT. Shu bilan birga, ukrainlar hujumining yaqqol oqibatlaridan biri – Rossiya mudofaasida muammolar borligining ochiq ko‘rinib qolgani bo‘ldi, deya xulosa qilgan nashr.
Mavzuga oid
15:28 / 14.02.2026
Ukraina, Rossiya va AQSh muzokaralarining yangi raundi Jyenevada o‘tadi
14:21 / 14.02.2026
Rossiya “Urushga qarshi qo‘mita”ni “terroristik” deb tan olmoqchi
14:03 / 14.02.2026
Rossiya Adliya vazirligi “chet el agentlari” ro‘yxatiga yana uch jurnalistni kiritdi
12:42 / 14.02.2026