Olimlar NASA’ning Mars Insight Lander zondi tomonidan töplangan ma’lumotlarni tahlil qilib, Mars qobiğining çuqur qismida suyuq suv “pufakçasi” bor degan xulosaga keldi. Tahlil natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etildi.
Qizil sayyorada suv allaqaçon topilgandi, lekin suyuq holatda emas, balki qutblarda muz va atmosferadagi buğ qoldiqlari şaklida.
Mars Insight Lander zondi qöşni sayyora yuzasiga 2018 yilda qöngan va 2022 yil oxirigaça bir joyda turib, “sayyorani tinglagan” – apparat seysmograf yordamida Mars qobiğining silkinişini qayd etgan.
Olimlar seysmik tölqinlarning tezligini ölçaş orqali ular qanday muhitdan ötayotganini yuqori ehtimollik bilan aniqlay oladi.

“Bu özi Yerda suv, neft yoki gazning yer osti konlarini qidirişda qöllanadigan usul”, — dedi loyihada iştirok etgan Kaliforniya universiteti professori Maykl Manga BBC bilan suhbatda.
Tahlillar suv Mars yuzasi ostidan 10-20 kilometr çuqurlikda joylaşganini körsatmoqda. Professor Manganing sözlariga köra, bu kaşfiyot “Marsdagi suv qayerga ketdi?” degan katta savolga qisman javob böladi.
Mars yuzasini örgangan olimlar uzoq vaqtdan beri unda bir paytlar suv bölgan degan xulosaga kelişgan: sayyora yuzasida daryo va köl izlari bor. Ammo olimlarning ta’kidlaşiça, sönggi uç milliard yil davomida u çöl holatida.
Suvning bir qismi buğlanib, Mars atmosferasi bilan birga koinotga uçib ketgan. Lekin ayrim qismlar sirt ostida qolganga öxşaydi. Professor Manga Yer sayyorasida ham suvning juda katta qismi yer ostida ekanini eslatib ötdi va Marsda bunday emasligiga heç qanday sabab körmayotganini ta’kidladi.
Insight zondi faqat apparat ostidan ötgan seysmik tölqinlarni qayd etgan va şunga köra, aynan öşa joyda taxminiy suv konlari topilgan. Biroq olimlar bunday konlar Marsning boşqa joylarida ham mavjudligiga işonyapti.











