Pentagon: AQSh Eronning ehtimoliy hujumiga tayyor
AQSh mudofaa idorasi Yaqin Sharqdagi vaziyatni «juda jiddiy» deb atadi.
AQSh mudofaa idorasi (Pentagon) Yaqin Sharqdagi vaziyat «juda jiddiy», ammo AQSh Eronning Isroilga qarshi ehtimoliy hujumiga «tayyor» ekanini ma’lum qildi.
Kundalik brifingda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder «Yaqin Sharqdagi vaziyat jiddiy» ekanligini ta’kidladi, shuning uchun Pentagon rahbari Lloyd Ostin mintaqaga qo‘shimcha mudofaa qurollari va o‘q-dorilarini yuborishni buyurdi.
U, shuningdek, Eron shu hafta Isroilga hujum qilishi mumkinligini ta’kidladi.
«Men ular qachon hujum qilishini bashorat etishga yoki taxmin qilishga urinmayman, faqat shuni aytmoqchimanki, biz (ehtimoliy hujumga) jiddiy qarashimiz kerak. Shuning uchun biz tayyor bo‘lamiz», - dedi Rayder.
AQSh vaziyatni yumshatish, o‘z kuchlarini himoya qilish va Isroil mudofaasini qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda, dedi u.
Rayderning ta’kidlashicha, mintaqada hech kim «qarama-qarshilik kuchayishini istamaydi va mavjud vaziyat mintaqaviy mojaroga aylanib ketishini xohlamaydi».
«Diplomatiyaning ishlashi uchun har doim vaqt bor», dedi Rayder va AQSh «bu imkoniyatlardan foydalanishi kerak bo‘lgan vaziyatga tushib qolmasligiga» umid bildirdi.
«Agar biz Isroilni himoya qilish uchun undan foydalanishimiz kerak bo‘lsa, buni qilamiz», dedi u.
Pentagon matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar «kengroq mintaqaviy mojaroni to‘xtatishga, Eron o‘ch olish va potensial katta kuch ishlatish bilan tahdid qilayotgan o‘ta keskin vaziyatda Yaqin Sharqda mintaqaviy urushning oldini olishga va Isroilni himoya qilishga yordam berishga urinmoqda».
Tehronda Hamas yetakchisining o‘ldirilishi
Falastinning Hamas harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga kelgandi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va Hamas Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqea yuzasidan izoh berishdan o‘zini tiydi.
Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni Hamas siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mash’al o‘rnini egalladi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Apple bu yil 20 dan ortiq mahsulot chiqarishni rejalashtirmoqda
Fan-texnika | 17:40
-
Xitoyda 35 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qatl etildi
Jahon | 17:36
-
Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga kvotalarni kamaytirishi mumkin
Jahon | 17:22
-
Qozog‘istonda migrantlarni qiynoqqa solgan politsiyachilar sudlandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid
16:53
Tramp Kennedi o‘ldirilishi haqidagi hujjatlarni oshkor etishga va’da berdi
11:30
O‘zbekiston va Eron qo‘shma turizm qo‘mitasini tuzishni muhokama qilmoqda
00:12
TikTok AQShdagi faoliyatini qayta tiklashga qaror qildi
23:30 / 19.01.2025