Lukashenko 30 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
Afv etilganlarning ayrimlari jiddiy kasal ekani, ular orasida pensiya yoshidagi qariyalar ham borligi aytilmoqda.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «norozilik xarakteridagi jinoyatlari» uchun sudlangan 30 nafar mahbusni afv etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Telegram’dagi «Pul pervogo» kanali xabar berdi.
Afv etilganlar orasida 14 ayol va 16 nafar erkak bor. Ularning ayrimlari jiddiy kasal ekani, shuningdek, pensiya yoshidagi qariyalar ham borligi aytildi.
Lukashenko matbuot xizmatiga bog‘liq kanal ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi aybiga iqror bo‘lgan. Afv etilganlarning ismlari hozircha oshkor etilmadi.
Iyul oxirlarida Lukashenko 14 mahbusni afv etgandi, ular orasida 2020 yilgi namoyishlarda qo‘lga olingan shaxslar ham bor. Shu bilan birga, Lukashenko Minsk yaqinidagi temiryo‘l stansiyasidagi portlash ishi bo‘yicha o‘limga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Krigerni afv etish bo‘yicha qaror qabul qilgandi.
30 iyul kuni Kriger Aleksandr Lukashenkoga murojaat yo‘llab, undan o‘zini afv etishini so‘ragan. «BelTA» agentligining yozishicha, shu munosabat bilan Lukashenko Kriger ishi bo‘yicha «jarayonga aloqador odamlarni suhbatga taklif qilgan».
Kriger 2023 yil 6 oktabr kuni Belarus hududida qo‘lga olingan. Tergovchilarning versiyasiga ko‘ra, Kriger o‘tgan yilning sentabrida Ukraina tomonida jang qilayotgan «Kalinovskiy polki»ga qo‘shilmoqchi bo‘lgan. Mamlakatda ekstremistik tuzilma deb topilgan guruh o‘z navbatida Krigerning polk faoliyatiga aloqasi yo‘qligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
13:10 / 24.10.2024
Lukashenko Mariya Kolesnikovani afv etish haqida o‘ylab ko‘rishga tayyor
19:19 / 23.10.2024
Belarusda prezidentlik saylovi sanasi belgilandi
11:10 / 09.10.2024
Belarusda muxolifatchilarga qarshi yangi yirik ish ochildi
20:39 / 08.10.2024