Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko: Ukraina Kurskka hujum qilib, kuchli pozitsiyani egallamoqchi
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «bu taktika hozir ish bermaydi».
Foto: president.gov.by
Ukraina Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatidagi harakatlari bilan muzokaralar boshlansa, yaxshiroq pozitsiyalarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Belarus rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «bu taktika hozir ish bermaydi».
«Putin stavkalarni oshirish uchun kurash ketayotganini aytganida to‘g‘ri gapirdi. Ular [Ukraina rasmiylari] to‘satdan muzokaralar boshlansa, kuchliroq pozitsiyani qo‘lga kiritishni xohlayapti. Ammo savol tug‘iladi: bunday vaziyatda va shunga o‘xshash holatlarda ular bilan kim muzokara olib boradi? Shuning uchun stavkalarni oshirish noto‘g‘ri. Bu klassika, lekin u mos emas», — deya Lukashenko so‘zlarini keltiradi TASS.
Lukashenkoga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Qurolli kuchlari Kursk viloyatida «Ukraina harbiylarini yo‘q qiladi».
Belarus prezidenti, shuningdek, Istanbulda erishilgan kelishuvlar Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik muzokaralarini boshlash uchun asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «Ukraina tomonining vaziyatni keskinlashtirishi Rossiyani assimetrik choralar ko‘rishga, jumladan, yadro qurolidan foydalanishga undamoqda».
Lukashenkoning aytishicha, Ukraina Belarus bilan chegarada 120 ming askar saqlamoqda.
Shu bilan birga, u «g‘arbda Belarus chegarasini himoya qilish Minsk va Moskva tomonidan ishlab chiqilganligini, agar kerak bo‘lsa, bu rejani hujumga o‘zgartirish mumkinligini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
20:56 / 31.03.2026
Rossiya Ukrainaga Donbassdan qo‘shinlarini olib chiqish uchun ikki oy muhlat berdi – Zelenskiy
22:42 / 28.03.2026
Eron Dubaydagi “Ukraina ombori”ga zarba berganini ma’lum qildi
10:18 / 28.03.2026
Ukrainada urush uchun pul iyungacha qolgan
10:08 / 28.03.2026