Hindiston Global Janub sammitida global taraqqiyot shartnomasini tuzishga chaqirdi
17 avgust kuni Hindiston uchinchi “Global janub ovozi” sammitini o‘tkazdi. Onlayn tashkil etilgan anjumanda O‘zbekiston vakillari ham qatnashdi.
“Barqaror kelajak uchun mas’ul global janub” mavzusidagi xalqaro sammit vazirlar darajasidagi 10 ta yig‘ilishdan iborat bo‘ldi. Tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi ikkita sessiya, shuningdek, sog‘liqni saqlash, yoshlar, moliya, savdo, axborot texnologiyalari, energetika, ta’lim va atrof-muhit masalalari bo‘yicha sessiyalar shular jumlasidan. Bu haqda Kun.uz'ga Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Sessiyalarda oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, energetika, resurslardan foydalanish va demografik dividendni amalga oshirishdagi muammolar, ishsizlik va iqtisodiy tengsizlik bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardi.
Iqlim muammolari, barqaror rivojlanish maqsadlari, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, raqamlashuvdagi tafovutni bartaraf etish mavzulari ham kun tartibida bo‘ldi.
Bundan tashqari, Xalqaro quyosh ittifoqi va Global bioyoqilg‘i ittifoqi kabi tashabbuslar ham muhokama qilindi. Delegatlar qarz yuki xavotirlari haqida so‘z yuritdi. Xalqlar o‘rtasidagi, energotizimlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, ta’minot zanjirlari yaratish masalalari ko‘tarildi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi sammitdagi nutqida “Global taraqqiyot shartnomasi”ni tuzishga zarurat borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, inson manfaatlari, ko‘p o‘lchamlilik va ko‘p tarmoqlilik – Global janub hamkorligining asosiy xususiyatlari bo‘lishi kerak. Modi, shuningdek, dori vositalarining analoglari bilan bog‘liq ta’minotni yaxshilash, Global janub davlatlarining bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida dori vositalari sohasidagi regulyatorlar uchun treninglar tashkil etish kerakligini aytdi.
Sammitda O‘zbekistondan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Shohrux G‘ulomov hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov ishtirok etdi.
Shohrux G‘ulomov qatnashgan savdo mavzudagi sessiyada global qiymat zanjirlari, oziq-ovqat xavfsizligi, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda savdo uchun sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Atrof-muhit mavzulariga bag‘ishlangan sessiyada esa global iqlim o‘zgarishi, uning oqibatlarini yumshatish, masalaning moliyaviy jihatlari, iqlim bilan bog‘liq adolat va rivojlanayotgan kichik orol davlatlarning xavotirlari muhokama markazida bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:40 / 02.11.2024
Hindiston Farg‘onada xalqaro ko‘p tarmoqli klinika tashkil etadi
17:51 / 01.11.2024
“Hindiston va pokistonliklarga nisbatan ksenofobiya kuzatilgan”. Qirg‘izistonda xorijlik talabalar xush ko‘rilmayaptimi?
16:47 / 29.10.2024
Hindistonlik biznesmen deyarli butun boyligini itiga meros qoldirdi
00:00 / 29.10.2024