Jahon | 11:40 / 21.08.2024
2675
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chegaraoldi hududlarida kameralardan foydalanmaslik so‘raldi

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Bryansk, Kursk va Belgorod viloyatlari aholisini videokuzatuv kameralari, videoregistratorlar va onlayn tanishuv xizmatlaridan voz kechishga chaqirdi. Eslatma «Zapiski Veterana» Z-kanalidan olingan.

Foto: Yan Dobronosov/REUTERS

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Bryansk, Kursk va Belgorod viloyatlari aholisini videokuzatuv kameralari, videoregistratorlar va onlayn tanishuv saytlaridan foydalanish bilan bog‘liq xavflar haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi «Interfaks» agentligi va bir qator rus tilidagi Telegram-kanallari 20 avgust, seshanba kuni.

«Dushman bizning hududlarimizdagi ip-diapazonlarni ommaviy ravishda aniqlamoqda va masofadan turib himoyalanmagan videokuzatuv kameralariga ulanib, shaxsiy hovlilardan tortib, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar va magistral yo‘llargacha ko‘rmoqda. Videokuzatuv kameralaridan foydalanmang», - deya jurnalistlar Rossiya Ichki ishlar vazirligining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashni tashkil etish departamenti matbuot xizmati tarqatgan eslatmadan iqtibos keltiradi.

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarga messenjerlarda yoki SMS orqali notanish odamlardan kelayotgan xabarlardagi havolalarni ochmaslik, iloji bo‘lsa, «ham rasmiy, ham shaxsiy ma’lumotlarga ega telefonlardan foydalanmaslik» tavsiya qilindi.

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, onlayn tanishuv xizmatlaridan foydalanish xavfi haqida ogohlantirdi: «Onlayn tanishuv xizmatlaridan foydalanish tavsiya etilmaydi, dushman bunday manbalardan ma’lumotlar to‘playdi», deyiladi eslatmada. 

Magistral yo‘llarda harbiy texnika aniqlanishi xavfi 

Bundan tashqari, fuqarolardan videoregistrator yozuvlarini internetga joylashtirmaslik so‘raldi va «dushman uchun ahamiyatli narsalarni» ommaga ko‘rsatish xavfi tufayli harbiy texnikalar joylashishi mumkin bo‘lgan magistral yo‘llarda harakatlanayotganda translatsiya qilmaslik tavsiya etildi.

Kursk, Bryansk va Belgorod viloyatlarida aholiga harbiy va xavfsizlik xodimlarining haqiqiy joylashuvini aniqlash imkoniyatini bartaraf etish uchun shaxsiy ma’lumotlarini yopish, barcha geoteglar va fotosuratlarning ijtimoiy tarmoqlardagi geolokatsiyalarga havolalarini olib tashlash tavsiya etildi. 

Mavzuga oid