Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» inson huquqlari bo‘yicha BMT maxsus ma’ruzachisini Afg‘onistonga kiritmadi
Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdulqahor Balxiyning Reuters’ga ma’lum qilishicha, Richard Bennett «Afg‘onistonga safar uyushtirish uchun viza ololmagan».
«Tolibon» BMT maxsus ma’ruzasichi etib tayinlangan Richard Bennettning Afg‘onistonga kirishni taqiqladi. Mahalliy Tolo telekompaniyasining xabar berishicha, huquq himoyachisi «propaganda tarqatishda» ayblangan.
2022 yili, «Tolibon» hokimiyat tepasiga kelishidan bir yil o‘tib BMTning inson huquqlari bo‘yicha kengashi Bennettni Afg‘oniston bo‘yicha vaziyatni kuzatuvchi etib tayinlangan edi.
«Tolibon»ning ayollar va qizlarga nisbatan munosabati insoniyatga qarshi jinoyatga tenglashtirilishi mumkinligini aytgan Bennett mamlakatdagi vaziyatni o‘rganish uchun bir necha bor Afg‘onistonda bo‘lgan.
Bennett «Tolibon»dan o‘z qarorini bekor qilishni so‘rab, mamlakat ichi va tashqarisida ham afg‘onlar bilan munosabatlarini davom ettirishini bildirgan.
«Tolibon» Tashqi ishlar vazirligi vakili Abdulqahor Balxiyning Reuters’ga ma’lum qilishicha, Bennett «Afg‘onistonga safar uyushtirish uchun viza ololmagan».
«Janob Bennettga hatto professionallikni saqlab qolish bo‘yicha qayta-qayta so‘rovlar yuborilganidan keyin ham ma’lum bo‘ldiki, uning hisobotlari Afg‘oniston va afg‘on xalqi manfaatlariga zarar yetkazuvchi noto‘g‘ri qarashlar va latifalarga asoslangan», — deydi Balxiy.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
09:02 / 11.06.2026