Ukrainada ko‘ngillilarga fuqarolikni berish soddalashtirildi
Ukraina fuqaroligini soddalashtirilgan tarzda olish to‘g‘risidagi qonun Rossiya va Belarusdan kelgan ko‘ngillilarga ham tegishli bo‘ladi.

Foto: zn.ua
Ukraina Oliy radasi 20 avgust kuni Ukraina qurolli kuchlari safida jang qilayotgan xorijlik ko‘ngillilarga ushbu davlat fuqaroligini olishni osonlashtiruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga imzolash uchun yuborilgan.
Ukraina fuqaroligini, yangi normalarga ko‘ra, armiya, Davlat maxsus transport xizmati yoki Milliy gvardiya tarkibida Rossiya tomonidan Ukrainada boshlangan tajovuzkor urushda qatnashgan xorijiy mamlakatlar fuqarolari olishlari mumkin. Mamlakat sharqida 2014 yilda boshlangan jangovar harakatlar ishtirokchilari ham bundan foydalana oladi.
Ko‘ngillilar bilan birgalikda ularning oila a’zolari, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida halok bo‘lgan xorijliklar turmush o‘rtoqlari pasport olish uchun ariza topshirishlari mumkin. O‘z vatanlarida siyosiy ta’qibdan jabr ko‘rgan odamlar ham Ukraina fuqarosi bo‘la oladi.
Yangi normalar Rossiya va Belarus fuqarolariga ham tegishli. Ukraina fuqaroligini olish uchun arizachi o‘z mamlakati pasportidan voz kechishi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, arizani topshirish vaqtida u Ukrainada kamida ikki yil (xorijiy ko‘ngillilar uchun) yoki besh yil (siyosiy muhojirlar uchun) qonuniy ravishda yashashi lozim.
Rossiyada ham chet ellik ko‘ngillilar fuqarolikni olish uchun ariza topshirishi mumkin
2024 yil yanvar oyi boshida Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan xorijliklarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga Rossiya fuqaroligini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. «Maxsus operatsiya» paytida sog‘lig‘i sababli, shartnoma muddati tugagandan so‘ng, «harbiy holat tugatilishi» sababli xizmatdan bo‘shatilgan chet elliklar Rossiya Federatsiyasi pasporti uchun murojaat qilishlari mumkin.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
-
Bojxona ma’muriyatchiligida o‘zgarishlar amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 11:47
-
Microsoft Windows’dagi ko‘k rangli “o‘lim ekrani”dan voz kechadi
Fan-texnika | 11:45
Mavzuga oid

09:38
YeI diplomatlari Rossiyani Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:51
«U Putindan cho‘chimadi» - Kreml Zelenskiyni chetlatish orqali Ukrainani bo‘ysundirishga intilyapti

01:11
Yevropaning oltita davlati «Rossiyaga bosim o‘tkazishni» davom ettirishga tayyorligini ma’lum qildi

15:05 / 31.03.2025