Joriy haftaning eng muhim yangiliklaridan biri AQŞda mehnat statistikasi ma’lumotlarining qayta körib çiqilgani böldi. Qayd etilişiça, statistik raqamlar mart oyigaça bölgan sönggi bir yillikda AQŞ qişloq xöjaligidan taşqarida yaratilgan yangi iş örinlari soni 818 mingga qisqarişi tomonga qayta hisob-kitob qilingan. Bu AQŞ mehnat bozori zaiflaşayotganini tasdiqlovçi yana bir qöşimça ma’lumot bölib, joriy monetar siyosati öz yakuniga yetayotganligidan darak beradi. Haftaning keyingi muhim ma’lumotlaridan yana biri ikkilamçi uy-joy sotuvlari statistikasining e’lon qilingani böldi. Bu körsatkiç prognoz qilinganidek, iyul oyida 1,3 foizni taşkil etgan. Federal zaxira tizimi (FZT) raisining nutqi va Jaskson Hole simpoziumi esa hafta voqeasiga aylandi. Moliya bozorlari iştirokçilari bu tadbirdan uzoq kutayotgan signal, ya’ni foiz stavkasini tuşiriş böyiça birinçi rasmiy yangilikni olişga muvaffaq böldi. Jyerom Povellning nutqi, sönggi bir neça yillardagi simpoziumda kuzatilgan bozorlar qulaşidan farqli bölib, bu safar kötarilişni ta’minlab berdi va fond indekslarining ösişiga sabab böldi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 19 avgustdan 23 avgustgaça bölgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bölgan eng muhim voqealarni tahlil qilib çiqdi.
AQŞ top fond bozorlari indeksi:
- S&P500 – 5634 (hafta boşidan +1,45 foiz, yil boşidan +18,13 foiz);
- NASDAQ – 19720 (hafta boşidan +1,09 foiz, yil boşidan +17,21 foiz);
- DJI – 40287 (hafta boşidan +1,27 foiz, yil boşidan +9,25 foiz).
Hafta savdolarida Dow Jones indeksi 515 punktga, NASDAQ va S&P500 mos ravişda 212 va 80 punktga ösdi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin – 2510 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +0,16 foiz, yil boşidan +21,76 foiz;
- Kumuş – 29,8 dollar (1 unsiyasi) hafta boşidan +2,94 foiz, yil boşidan +25,64 foiz;
- Alyuminiy – 2511 dollar (1 tonnasi) hafta boşidan +7,41 foiz, yil boşidan +5,48 foiz:
- Mis – 4,25 dollar (1 funti) hafta boşidan +1,61 foiz, yil boşidan +9,01 foiz.
Qimmatbaho metallar ham fundamental yangiliklar fonida ösiş sur’atini taqdim etdi. Oltin kumuş, alyuminiy va mis hafta davomida mos ravişda 4,12 dollar, 0,85 dollar, 173,3 dollar va 0,07 dollarga qimmatlaşdi.












