«Bu yerda yadroviy hodisa xavfi mavjud» - AEXA rahbari Kursk AES haqida
Rafael Grossi so‘zlariga ko‘ra, atom elektr stansiyasidan bir necha kilometr uzoqlikda kechayotgan janglar «jiddiy xavotir uyg‘otadi». Kursk AES reaktorida himoya qobig‘i yo‘q, shuning uchun u zaif.

Foto: RIA Novosti
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi Rossiyaning Kursk viloyati, Kurchatov shahridagi Kursk atom elektr stansiyasiga (AES) safaridan so‘ng «hozir bu yerda yadroviy hodisa yuz berish xavfi bor», dedi. Bu haqda u 27 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozdi «Interfaks».
AEXA rahbarining aytishicha, atom elektr stansiyasidan bir necha kilometr uzoqlikda kechayotgan janglar «jiddiy xavotir uyg‘otadi». Grossi so‘zlariga ko‘ra, Kursk AES reaktorida himoya qobig‘i yo‘q, shuning uchun u zaif.
«Stansiyaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda RBMK tipidagi reaktorlar bor. Dizayniga ko‘ra, RBMK dunyodagi ko‘plab boshqa turdagi reaktorlardagidek himoya qobig‘iga ega emas. Himoyaning yo‘qligi reaktor yadrosi deyarli oddiy binoda joylashganligini va artilleriya zarbalari yoki dron zarbalariga juda zaif ekanligini anglatadi», dedi u.
Reaktorga tashqi ta’sir ko‘rsatilsa, yadroviy hodisa xavfi bor, deb qo‘shimcha qildi Grossi.
«Chernobil va Kursk atom elektr stansiyalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslash mutlaqo to‘g‘ri emas. Aytish mumkinki, xuddi shu turdagi maxsus himoyaga ega bo‘lmagan reaktor Kursk AES hududida ishlaydi. Va haqiqatan ham, zarba bo‘lgan taqdirda, ushbu reaktorning yadrosiga qandaydir tashqi ta’sir ko‘rsatilsa, yadroviy hodisa, ehtimol radiatsiya chiqishi bilan sodir bo‘ladi», dedi u.
AEXA rahbari Kursk atom elektr stansiyasiga «vaziyatni shaxsan baholash» uchun kelganini aytdi. «Bugun stansiyada ko‘rganlarimga asoslanib aytishim mumkinki, stansiya normal sharoitlarga juda yaqin ishlayapti», dedi Grossi. U asosiy inshootlarini, jumladan, reaktor va turbina zallari, boshqaruv xonasi va ishlatilgan yoqilg‘i saqlash omborini ko‘rish imkoniga ega bo‘lganini ta’kidladi.
Jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, Grossi «dron hujumlari izlarini ko‘rganini» aytdi. «Bu stansiyadagi xavfsizlik rejimi bo‘yicha katta tashvish uyg‘otadi», dedi u.
Jurnalistlar bilan suhbatdan so‘ng Grossi Kiyevga borish niyatida va u yerda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan gaplashmoqchi.
Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga hujumi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Rossiya 10 avgust kuni Kursk AES hududida urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari topilgani haqida ma’lum qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 22 avgust kuni Ukraina armiyasi AESga hujum qilishga uringanini aytganidan keyin AEXA rahbari Kursk AESga safar qildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi
O‘zbekiston | 14:35
-
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 14:28
-
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
O‘zbekiston | 14:11
-
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida
Jahon | 14:08
Mavzuga oid

23:43 / 21.06.2025
Ukraina dronlari Rossiyaga zarba berish uchun Qozog‘iston uzra uchgani ma’lum qilindi

22:13 / 21.06.2025
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi

19:04 / 21.06.2025
«Aeroflot» Moskvadan Samarqandga muntazam parvozlarni tiklaydi

14:23 / 21.06.2025