Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katanets: «O‘zbekiston hozirgacha aynan ortiqcha bosim sabab JChga chiqa olmagan»
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCh 3-saralash bosqichi 1-turidan o‘rin olgan KXDR bilan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Tribuna.uz
«Bizda hammasi joyida. Futbolchilar tayyor. Ertangi o‘yin uchun maqsadimiz — faqat g‘alaba.
O‘rtoqlik o‘yinlari? Ha, tig‘iz taqvim sabab bunga ulgurmayapmiz. KXDR bilan farqimiz ham shunda. Lekin bu biz uchun yangilik emas. 3 yildan beri birgamiz. Futbolchilar bir-birlarini tushunishadi va nima qilish kerakligini bilishadi. Yigitlar turli holatda yetib kelishgan va jamoani balanslashtirish — mening vazifam.
Sizlardan bir narsani so‘ramoqchiman: ortiqcha motivatsiya va xohish kerak emas. O‘zbekiston bungacha doim bosim sabab JChga chiqa olmagan. Hozirgacha hammasi yaxshi bo‘ldi va bundan keyin ham «yonib ketmasligimiz» kerak. Raqiblar barchasi jiddiy. Bejiz bu bosqichga yetib kelishmagan.
JChgacha tarkib o‘zgarib boradimi? Erta yo indinga nima bo‘lishi haqida ham bilmayman. Hozirdan bu haqda o‘ylash noto‘g‘ri. Mundial hali bizdan ancha yiroqda. Bor e’tiborni ertangi o‘yinga qaratishimiz kerak.
Raqibni o‘rganish oson bo‘lmadi. Chunki biz ko‘rgan o‘yinlarda turlicha tarkiblar bilan o‘ynashgan. Asosiy e’tiborni o‘z o‘yinimizga qaratamiz», — deya sloveniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:06 / 19.10.2025
Katanetsning yordamchilari O‘FAdan 350 ming yevro talab qilmoqda
14:41 / 10.06.2025
«Meros». Srechko Katanetsga bag‘ishlanadi
15:27 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
09:00 / 24.01.2025