Özbekiston milliy jamoasining sobiq boş murabbiyi Sreçko Katanetsning uç nafar yordamçiisi Özbekiston futbol assotsiatsiyasidan (ÖFA) 350 ming yevro undirmoqçi, deb xabar tarqatdi Asia_SportUZ Telegram kanali.

Manbaga köra, sloveniyalik mutaxassislar Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Nizolarni hal qiliş palatasiga şikoyat arizasi bilan murojaat qilib, ularga taxminan 350 ming yevro berilişi kerakligini aytgan.

Ular bilan şartnoma muddati 2026 yil yoziga qadar möljallangandi, biroq bu kelişuv Fabio Kannavaro boşçiligidagi yangi murabbiylar ştabi tayinlanganidan keyin bekor qilingan.

Ularga yoşlar jamoalari bilan işlaş imkoniyati taklif qilingan, biroq ular kelişuv milliy jamoani jahon çempionatiga tayyorlaş uçun maxsus tuzilganini aytib, rad javobini berişgan.

Özbekiston futbol assotsiatsiyasi bunga javoban sobiq boş murabbiy yordamçilarining şartnomalari şartnomalardagi «boş murabbiyning mehnat şartnomasi bekor bölganda yordamçi murabbiylarning ham şartnomasi bir vaqtning özida bekor bölişi» bandiga muvofiq avtomatik tarzda bekor qilinganini ma’lum qildi.

«Sobiq boş murabbiy şartnomasining taraflarning roziligi bilan bekor bölişi va jamoaga yangi murabbiylar ştabining kelişi sobiq murabbiylar ştabi a’zolarining şartnomalarining ham bekor bölişiga olib keladi», – deyiladi xabarda.

Assotsiatsiya bunday bandning mehnat şartnomalariga kiritilişi FIFA va Sport arbitraj sudi (CAS) yurisprudensiyasiga köra odatiy amaliyot hisoblanişini ta’kidlagan.

Sport taşkiloti ştabning sobiq a’zolariga boşqa yoş guruhlari bilan işlaşni davom ettiriş taklif qilinganini tasdiqladi, ammo «ular taklifni rad etgan».

Ma’lumot uçun, Sreçko Katanetsning murabbiylar ştabiga sloveniyalik beş nafar mutaxassis: assistentlar Aleş Çex va Vlado Radmanoviç, jismoniy tayyorgarlik böyiça murabbiy Martin Magister, darvozabonlar murabbiyi Nixad Peykoviç va fizioterapevt Ian Katanets kiritilgan.

Sreçko Katanets Özbekiston milliy jamoasi boşqaruviga 2021 yil avgust oyida kelgandi, ammo 2025 yil yanvarida soğliği bilan boğliq muammolar tufayli u işini davom ettira olmadi. Uning örniga Timur Kapadze vaqtinça boş murabbiyga aylandi, u Katanets ştabi a’zolari bilan birga Özbekiston milliy jamoasini jahon çempionatiga olib çiqdi.