Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Sreçko Katanets iste’foga çiqqani haqida xabar bergandik. Kutilganidek bu post uzoq vaqt böş qolmadi. Sloveniyalik murabbiy örnini futbolimiz tarixidagi eng kuçli öyinçilardan biri Temur Kapadze egalladi. Hozir hammada bir savol: Kopa eplaydimi? Futbolga qiziqmaydiganlar uçun aytib ötişimiz kerak, futbol olamida Kapadzeni aynan Kopa deb ataşadi.
Hozir Özbekiston milliy jamoasi Qatarda yiğin ötkazmoqda. 27 yanvar kuni Dohada Iordaniya bilan örtoqlik öyini bor. Yangi murabbiy aynan Osiyo kubogi finalçisiga qarşi öyinda debyut qiladi. Biroq hozir Qatarda milliy jamoaning asosiy futbolçilari, ya’ni aksar legionerlar qatnaşmayapti. FIFA kunlari bölmagani uçun yiğinda mahalliy klublardagi futbolçilar çaqirilgan. Kapadze keçaning özida Qatarga uçib borib, milliy jamoani qabul qilib oldi. Allaqaçon birinçi maşğulotni ötkazişga ham ulgurdi.
«Biz askarmiz»
Kapadze ÖFAning yangi prezidenti bölişi kutilayotgan Ravşan Ermatov bilan birga Qatarda futbolçilar oldida nutq sözladi. Kopaning maydonda katta professional bölganini körganmiz. U maydondan taşqarida ham haqiqiy professional edi. Milliy jamoa boş murabbiyi vazifasidagi ilk nutqida ham Kapadze buni isbotladi. U sözi boşida Kanatets JÇ saralaş siklini yakunlab qöyişini köpçilik qatori istaganini aytib, unga hurmatini izhor qildi.
«Milliy jamoa menga begona emas, öynaganman, boş murabbiy, yordamçi murabbiy bölganman. Biz askarmiz, vazifa yuklatildi – uni bajarişimiz kerak. Oldimizda mas’uliyatli öyinlar bor, hammasi joyida böladi deb öylayman. Barça öyinçilar martdagi yiğinda yaxşi formada bölişi kerak. Futbolçilarning kuçi va mahorati jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritişga yetadi. Barçamizning orzumiz şu, xalqimizdan esa duoda bölib turişlarini sörayman», dedi Kapadze.
Nega aynan Kopa?
Temur Kapadze qaçondir milliy jamoa boş murabbiyi bölişi aniq va bu vaqt masalasi edi xolos. Çunki yetişib çiqayotgan murabbiylar orasida undan yaxşisi yöq. Kapadze çindan yuqori darajadagi murabbiy. Siz milliy jamoaga dunyoning eng zör murabbiylarini olib kelişingiz mumkin, lekin ular sizga mahalliy murabbiylardek jon kuydirişmaydi. Oddiy fakt: futbol böyiça jahon çempionatlari tarixidagi barça çempionlarni mahalliy murabbiylar boşqargan. Şu bois Temur Kapadzening tayinlanişi ançadan buyon pişib kelgan va şubhasiz töğri qaror edi.
















