Tariximizda ilk marta jahon çempionatiga çiqqan bölsak-da, boşqa bir an’ana bu safar ham buzilmadi – yana mundial saralaşini yagona murabbiy bilan ötkaza olmadik. Sönggi bosqiçning 6 turi ötgaç, Sreçko Katanets salomatligi bilan boğliq muammolari sabab jamoani tark etişga majbur böldi, uning örniga kelgan Temur Kapadze esa vazifani uddaladi.
Bilasizmi, yangi murabbiylarga doim qiyin. Çunki iste’fo bekorga yuz bermaydi va jamoaga yangi kelgan murabbiy doim köp narsalarni özgartirişiga töğri keladi. Aksariyat hollarda murabbiyni iste’foga olib boradigan ikki sabab bor va futbolda biz doim şunday holatlarni kuzatib örganganmiz.
Birinçisi, jamoa öyini va natijalar pasayişi, içki muhit yomonlaşişi, futbolçi va murabbiy örtasida ziddiyatlar paydo bölişi va hokazo. Yangi murabbiyga oson bölmaydi. Ha, bosim nuqtayi nazaridan yengil bölişi mumkin, jamoa qançalik pasaygan bölsa, yaxşi tomonga özgartiriş osonroqdek tuyuladi, lekin ulkan mehnat talab qiladi.
Jamoa muvaffaqiyat qozonmagan, demak avvalgi murabbiy qöllagan uslub futbolçilarga mos kelmagan, murabbiy yangisini, eng mosini öylab topişi, sinovdan ötkazişi kerak. Yomon natijalar tufayli futbolçilarning ham holati yaxşi emas, jamoada öziga bölgan işonç kam, ozgina muvaffaqiyatsizlik, ozgina öyin qovuşmasligi ham jamoani sindirib qöyişi mumkin. Ularni katta natijalarga qodir ekaniga, yangi uslub natijalar olib kelişi mumkinligiga işontiriş ham oson emas, murabbiydan tajriba va salohiyat talab qilinadi. Biz köp kuzatadigan, eng köp sodir böladigan iste’folar aynan mana şu sabab bilan yuz beradi.
Şu paytgaça turnir yarmida jamoani qabul qilib olgan avvalgi murabbiylarimizda aynan şu masala doim turardi. Ayniqsa, Mirjalol Qosimovdan sörang, u ikki marta şunday vaziyatga tuşgan, mağlubiyatga uçragan jamoani olib kuraşişiga töğri kelgan.
Ikkinçisi, butkul teskari holat. Odatda bir murabbiy jamoa bilan barça muvaffaqiyatlarga erişadi, sovrinlar yutadi va şartnoma muddati tugagani yoki boşqa kattaroq taklif tufayli jamoani tark etadi.
Uning örniga kelgan murabbiy uçun yanada qiyin holat. Ha, jamoa kuçli, endigina sovrinlar yutdi, muvaffaqiyatli mavsumlar ötkazdi, ammo xuddi şu yölni davom ettiriş osonmi? Butunlay sobiq murabbiyni takrorlaşning iloji yöq, öz uslub va ğoyalarni tatbiq qiliş yanada qiyin – futbolçilarni bunga işontiriş kerak. Axir ular yaqindagina butunlay boşqa uslub va ğoyalar bilan muvaffaqiyatga erişdilar-ku?
Motivatsiya bilan ham muammolar böladi – sovrinlar yutgan futbolçilarni qaytadan öşa sovrinlar uçun kuraşişga undaş doim ham oson bölmaydi. Nimanidir özgartiriş, işlab turgan mexanizmni buziş, yaxşiroğini taklif qilişga töğri keladi. Hammasidan ham qiyini, bosim ham katta böladi. Çöqqida turiş qiyin, balki eski murabbiy bilan ham pasayiş kutilayotgandi, ammo endi pasayiş bölsa, hammasi yangi murabbiydan köriladi. Bosim katta.

















