Nvidia bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi
Bu Amerika tarixidagi kapitallashuvning eng katta pasayishi.

Foto: Justin Sullivan/Getty Images
Sun’iy intellekt chiplari bozoridagi eng katta o‘yinchi - Nvidia korporatsiyasi aksiyalari narxi pasayishi oqibatida bir kunda deyarli 300 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda «Kommersant» yozdi.
Biroq, nisbiy nuqtai nazardan, qimmatli qog‘ozlar narxi unchalik ko‘p emas, taxminan 10 foizga arzonladi. Tahlilchilar bunday qulashni monopoliyaga qarshi idoralarning harakatlari bilan izohlamoqda. Avvalroq, AQSh Adliya vazirligi kompaniyaga so‘rov yubordi. Unda kompaniyaning o‘z mijozlariga boshqa ta’minotchilar xizmatidan foydalanishga ruxsat bermasligi haqida ma’lumot so‘ralgan. Qayd qilinishicha, Nvidia sun’iy intellekt chiplari bozoridagi eng yirik o‘yinchi bo‘lib, ko‘plab ishlab chiquvchilar bevosita kompaniyaga qaram bo‘lib qolgan.
Amerika qonunchiligiga ko‘ra, korporatsiya bozorda deyarli yagona o‘yinchiga aylanadigan miqyosga erisha oladi, ammo keyin u bozorni monopoliyaga aylantirib olish uchun harakatlar qilish huquqiga ega emas. Ya’ni, u, qoida tariqasida, raqobatchilar paydo bo‘lmasligi uchun harakat qila olmaydi.
Avvalroq, sun’iy intellekt sohasi kompaniyalari katta zarbaga uchragan edi. Amerika S&P 500 va NASDAQ indekslari (katta texnologiya korporatsiyalarda salmoqli ulushga ega) mos ravishda 2 foiz va 3 foizga pasaydi. Bozordagilar buni sun’iy intellektdan umidlar, investorlarning taxminlari ro‘yobga chiqmayotgani bilan izohlamoqda.
Tavsiya etamiz
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
O‘zbekiston | 19:08 / 12.03.2025
Avstraliyalik erkak sun’iy yurak bilan 100 kun yashab, rekord o‘rnatdi
Jahon | 14:35 / 12.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
‘“Raqobat byurokratiya bilan cheklanmasligi kerak” - tagliklar importiga yangi talablar kiritildi
O‘zbekiston | 18:29
-
O‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 18:14
-
Shavkat Mirziyoyev Vyacheslav Volodinni qabul qildi
O‘zbekiston | 18:12
-
Tramp Pentagonga Panama kanalini egallash bo‘yicha harbiy reja tayyorlashni buyurdi
Jahon | 18:03
Mavzuga oid

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

22:28 / 19.02.2025
Apple yangi «hamyonbop» iPhone 16E smartfonini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025
Samsung uchga buklanadigan smartfonni yozda chiqaradi

13:27 / 28.01.2025