O‘zbekistonda hayvonlarni himoya qilishga chorlovchi 224 mln so‘mlik rolik tayyorlanadi. Mablag‘ni xalqaro tashkilot ajratgan
Veterinariya qo‘mitasi Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 3 daqiqali videorolik yaratish va uni tarqatish uchun 370 mln so‘mlik tender e’lon qildi. Tenderni 224 mln so‘m narx taklifini bergan korxona yutgan. Qo‘mitaning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu rolik uchun pul budjetdan sarflanmaydi, buning uchun hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti grant ajratgan.

Foto: Google Maps
Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan videorolik tayyorlash va uni targ‘ib qilish bo‘yicha boshlang‘ich narxi 370 mln so‘mlik tanlov o‘tkazdi. Bunga Telegram'dagi “Revizor” kanali e’tibor qaratdi.
Tender 23 avgustdan boshlanib, 30 avgustda yakunlangan. Talabgorlardan Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 3 daqiqalik videorolik ishlab chiqish, O‘zbekiston Respublikasi va chet el telekanallarida, YouTube va Telegram-kanallarida targ‘ibot ishlarini olib borish so‘ralgan.
Tanlovda eng arzon – 224 mln so‘m narx taklifini bergan “Satart-Haus-Building” MChJ g‘olib deb topilgan. Toshkent shahrida faoliyat yuritadigan bu korxona yashashga yaroqsiz joylarni ijaraga berish va boshqarish bilan shug‘ullanadi. 2020 yilda tashkil etilgan, ustav fondi – 1 mln so‘m. Ta’sischisi – Boyjitov Farrux Normahamadinovich.
Veterinariya va chorvachilik qo‘mitasi matbuot kotibi Anvar Suyunovning Kun.uz'ga aytishicha, bu videorolikni tayyorlash va targ‘ib qilish uchun budjet mablag‘lari sarflanmaydi.
“Bu rolik xalqaro hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti tomonidan ajratilgan grant mablag‘lari hisobidan tayyorlanadi. Rolikning tannarxini tashkilot dollar yoki yevroda belgilab bergan, biz so‘mga konvertatsiya qilib tenderga qo‘yganmiz. Ochiq tender o‘tkazish talabini ham hayvonlar sog‘lig‘ini himoya qilish tashkiloti qo‘ygan. Joriy yilda tashkilot o‘zining 100 yilligini nishonlaydi, shu sababli ular O‘zbekistonga ham grant mablag‘larini ajratgan.
Bundan tashqari, bu 370 mln so‘m mablag‘ faqat 3 daqiqalik videorolikni tayyorlashga sarflanmaydi. Uning targ‘iboti ham bor. 3 ta telekanalda rolikni aylantirish xarajatlari ham shu mablag‘ning ichiga kiradi.
Endi binolarni ijaraga berish bilan shug‘ullanadigan kompaniya tenderda yutganiga to‘xtalsam. Tender talablarida eng arzon narx taklif qilgan, xalqaro tashkilotlar bilan ishlash tajribasi bo‘lgan, to‘lov qobiliyatiga egaligi kabi kriteriylarga javob bera oladigan kompaniya g‘olib sifatida tanlangan. Bu kompaniya boshlang‘ich narxdan ancha past narx – 224 mln so‘m taklif qildi. Lekin shunda ham bu mablag‘ qisqa rolikni tayyorlashga yetsa ham, targ‘ibotga yetmasligi mumkin. Telekanallarda reklama narxlari ham arzon emas”, – dedi qo‘mita matbuot kotibi.
Avvalroq Ma’naviyat va ma’rifat markazi “qadriyatim.uz”, “tanlov.manaviyat.uz” saytlari va mobil ilovalarini yaratish uchun 1,2 mlrd so‘m sarflashi muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Shundan keyin Raqobat qo‘mitasi ijrochi sifatida “United IT company” MChJni tanlab olishda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun buzilgani alomatlarini aniqlab, markazga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yaman husiylariga qarshi harbiy amaliyot boshlashni buyurdi
Jahon | 01:48
-
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:32 / 15.03.2025
-
Yevropa Ittifoqi harbiy razvedka uchun sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini yaratishi mumkin
Jahon | 22:27 / 15.03.2025
-
Tramp «Ozodlik radiosi» va «Amerika Ovozi» radiosini nazorat qiluvchi agentlikni qisqartirmoqchi
Jahon | 22:01 / 15.03.2025
Mavzuga oid

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

22:32 / 02.12.2024
Olimlar dori vositalarini hayvonlarda sinashni to‘xtatishga xizmat qiladigan yangi usulni topdi

23:32 / 10.10.2024
Dunyoda oxirgi 50 yilda yovvoyi hayvonlar soni 73 foizga qisqarib ketgani ma’lum bo‘ldi

20:17 / 17.09.2024