Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada turli darajadagi saylovlarda ovoz berish boshlandi
Rossiyada 21 mintaqa gubernatorlari, Moskva shahar dumasi deputatlari va Davlat dumasi deputatlari uchta bir mandatli saylov okrugida saylanadi. Elektron ovoz berish birinchi marta oltita hududda bo‘lib o‘tadi.
6 sentabr, juma kuni Rossiyaning qator hududlarida turli darajadagi saylovlar uchun uch kunlik ovoz berish boshlandi.
«Interfaks» agentligi eslatganidek, mamlakatning 83 ta hududida jami 4 mingdan ortiq saylov kampaniyasi o‘tkaziladi: «Turli darajadagi saylovlar, jumladan, Rossiya Federatsiyasining 21 mintaqasi gubernatorlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlari, Moskva shahar dumasiga saylovlar rejalashtirilgan. Shuningdek, Davlat dumasi deputatlarining qo‘shimcha saylovlari mo‘ljallangan».
Ta’kidlanishicha, saylovda ovoz berish uch kun ichida Rossiyaning 30 ta hududida bo‘lib o‘tadi; ikki kun ichida - uchta sub’yektda; bir kun ichida - respublikaning sakkizta mintaqasida.
Rossiyada elektron ovoz berish
Shu bilan birga, masofaviy elektron ovoz berish Rossiya Federatsiyasining 25 ta sub’yektida ham mintaqaviy, ham munitsipal saylovlarida qo‘llanadi. U birinchi marta Oltoy Respublikasi, Komi, Mari El, Checheniston, Kostroma va Smolensk viloyatlarida o‘tkaziladi.
Oxirgi bir necha yil ichida bir qator kuzatuvchilar Rossiyada onlayn ovoz berishni himoyaga ega bo‘lmagan va soxtalashtirishlar uchun imkoniyat beruvchi tizim sifatida tanqid qilgan.
Mavzuga oid
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026